1-marta o`tkazilayotgan IIFA (International Indian Film Academy) bu yil Janubiy Koreaning poytaxti Seul shahrida o`tkaziladi. 2011-yili esa mazkur marosim Kanada poytaxti Toronto shahrida o`tkazilishi rejalashtirilgan. Akademiyaning faxriy prezidenti Amitabx Bachchan sanaladi. Shouning tashkiliy ishlari bilan esa "International Entertainment Pvt. Ltd.” kompaniyasi shug`ullanadi. Xitoyning Makao shahrida o`tkazilgan 10-yubiley marosimini butun dunyo bo`ylab 350 million muxlis tomosha qilishgan edi. "IIFA” – har yili turli shaharlarda nishonlanadigan yagona taqdirlash marosimi sanaladi. Taqdimotni dunyoning turli chekkalarida o`tkazishdan maqsad Bollivud filmlarini dunyo bo`ylab yoyishdan iborat. Marosimda kinoyulduzlar va kinosanoatning yirik namoyondalari ishtirok etadi.