Assalomu alaykum aziz saytdoshlar bir tanishimni hayotini ibrat uchun yozdim o’qib o’zingiz hulosa chiqaring.
Bizning qishloqda bitta aka bor edi. Toshkenda rassomchilika o’qib kelib rassomchilik qilardi qo’li gul usta edi devorga rasm chizish mo’da bo’lgan paytlari tahminan 10 15 yil oldin rasmni shunaqangi zo’r chizar ediki hatto boshqa viloyatdan kelib olib ketishar edi. Uy joyi cgiroyligidan bu o’rtada undan chiroylik undan balant uy yo’q edi.U paytda juda kam odamlarda mashina bo’lgan unda esa bir oyda bitta yangi mashina olardi. O’g’li men bilan teng amakimni o’g’li bilan sinfdosh edi maktabda hamma unga havas qilardi chunki eng ko’p pul unda bo’lardi hatto dadasi o’rtag’lari ko’chada ko’rsa hamma o’rtaglariga ham pul berar edi. Chunki puli judayam ko’p bo’lgandi. Shu kunlarni birida uni puli ko’payib bosar tusarini bilmay qoldi va o’z otasiga qo’l ko’targani haqida eshitdik. O’z otasini uydan haydab chiqaribdi sababini hech kim bilmaydi. Shu kundan boshlab u tepadan paska tushishni boshladi. Hotinini boshqa erkak bilan ushlab oldi. Keyin ajrashdi farzantlari hotini bilan ketdi u yana bitta hotin oldi u hotini ham shunday bo’ldi yana ajrashdi u ichkillikka berilib ketdi. Shunchalik berildiki bir tiyin ham puli qolmadi hamma toplagan boyligini ichib tugatdi oradan yillar o’tdib navbat uyga keldi oldin ikkinchi etajini sotishni boshladi uyni tomini sotdi keyin g’ishlarini sotdi nihoyat 1 yil o’tmasdan uyni ham ichib tugatdi keyin o’zini yashab turgan hovlisini yarimini sotdi. O’g’li dadasini ko’chada ko’rsa qochadigan bo’ldi ichib yerlarda yumalab ko’chalarda qolib ketadigan bo’ldi. ohiri tuzalmaydigan dartga chalindi yaniy ichmasa o’lib qoladigan bo’ldi. Arganizimi shu narsaga o’rganib qolganidan aroqdan boshqa hech narsa yemasdi ko’rgan odam ahvolidan achinadigan bo’ldi 3, 4 marta jinni honaga tashlab kelishdi lekin baribir bo’lmadi chunki duxtirlar ichmasa o’lishini aytishibdi. U hozir ham ichib qayerdadur yotgandir Alloh shunday holatga tushimizdan saqlasin omin