Gap ekan deb nima bo'lsa gapiraveramiz,
Bilmaymizki o'sha gap kimgadur beradi ozor.
Betobligimizda birodarlarni sog'inib qolamiz,
Yo'qlarmidik o'sha birodarimiz bo'lganda bemor?
Kimdur bizni sevsa uni ham qalbdan sevamiz,
Qalbda sevgi ko'payib, aylanar misoli bozor.
Yolg'on so'zni, rost deb ishontirib so'zlaymiz,
Xatto bo'ynimizga kelib, ilinsada baland dor.
No mahram chetga yetaklasa orqasidan boramiz,
Zinoga bording, ul birla bosilar qandedur humor.
O'rtaga nelar tikib, katta ketib garov bog'laymiz,
Bilamizki o'sha garov aylanib bo'ladi katta qimor.
Qiyomat yaqin va oz qolganin anglab yetamiz,
Yomon amallardan tiyilmadik hali ham zinhor.
Hayvonlar ichida tulki ayyor deb o'rganganmiz,
Lekin bazida bo'lib ketyappiz tulkidanda ayyor.
Sher yozip shoir bo'lib , albatta qalbdan yozamiz,
Sherdan kimdur ibrat olar, kimda qande ibrat bor?
Balki yoqtirmasmiz shoirni yozishin bazilarimiz,
Unda dangal yozaversin qilib biron misrani inkor.
(Bu sher aynan bir insonga emas!)