Статистика |
XOZIR SAYTDA 4 MEXMON 4 FOYDALANUVCHI 0 |
|
| | |
| Главная » 2010 » Январь » 5 » HURMO PISHGAN KUNLARDA
15:07 HURMO PISHGAN KUNLARDA |
Abu Dardo, roziyallohu anhu,Hazrati Payg ‘ambarimizning, sollallohu alayhi va sallam, suyukli sahobalaridan biri edi. Barcha namozlarini masjidi nabaviyda, Payg ‘ambarimizning ortlarida turib o‘qishga harakat qilardi. Shuning uchun masjidga erta kelar va kech qaytar edi. Rasuli akramning namozdan keyingi suhbatlarini diqqat bilan tinglardi. Biroq xurmo terish mavsumi boshlanganida Abu Dardo namozga kech kelib erta ketadigan bo ‘ldi. Bu hol Payg‘ambarimizning diqqatlarini tortdi. Abu Dardoni yonlariga chaqirib: — Sening masjidga kelib- ketishingda bir o‘zgarish ko‘ryapman. Nima bo‘ldi? — deb so‘radilar. Abu Dardo shunday dedi: — Shu kunlarda qo‘shnimizning xurmo daraxti mevalarini to‘ka boshladi. Xurmolar bizning hovliga tushyapti. Bolalarim, qo ‘shnimdan beso‘roq ulardan yeb qo‘yishmasin, deb xavotirdaman. Bomdodga kelishdan oldin to ‘kilgan xurmolarni to‘plab, qo‘shnimning bog‘iga o‘tkazib qo‘yaman. Shu sabab masjidga kech kelyapman. Men masjiddaligimda ham daraxtlardan xurmo to ‘kiladi. Ularni yig‘ib qo‘shnimnikiga qo‘yish uchun shoshilaman. Shunday qilsam bolalarim harom yemaydi, qo ‘shnimga ham zarar yetmaydi. Rasululloh, sollallohu alayhi va sallam, Abu Dardoning bu so ‘zlaridan mamnun bo‘ldilar va uning haqqiga duo qildilar
|
Категория: ISLOM |
Просмотров: 997 |
Добавил: R-MADRID
| Рейтинг: 5.0/1 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
| |
|
|