Kanadaning Kalgari shahri cherkov rahbariyati Ramazon oyida
musulmonlarga tarovih namozlarini hristian cherkovida o'qishlariga
ruhsat berdi. Bunday qarorga kelinishiga sabab, shahardagi Islom
Markazida ibodat qiluvchilar uchun joy yetishmovchilik muammosi juda
dolzarb bo'lganligidir, deb habar beradi "Al-Jazira". Kalgari Islom
Markazi rahbari Sohari Uardining aytishicha, shahardagi ikkita cherkov
musulmonlar uchun tarovih namozlarini o'qishlari uchun o'z eshiklarini
ochgan.
Uardining "Kalgari Gerald" gazetasiga bergan
intervyusiga ko'ra, shaharda musulmonlar soni 85 ming nafarga yetgan.
Ayni paytda markazdagi ibodat maydoni bor yo'g'i 2 mingta ibodat
qiluvchiga mo'ljallangan.
Suhbatdoshlardan birining aytishicha,
Islom Markazi bepul iftorliklar tashkil qilib turadi. Bu iftorliklar
nafaqat mo'min-musulmonlar uchun, balki musulmon bo'lmagan aholi uchun
hamdir.