Bir kuni do’stim bilan birga ovqatlanish uchun kafega kirdik. Men oldimizga kelgan kafe xodimiga hotdog yemoqchilimni aytgandim. Do’stim qarshilik qildi.
- Kel shuni yemagin, boshqa narsaga buyurtma ber iltimos. - Nimaga hotdog senga yoqmaydi. Har safar shunaqa qilasan. Balki sababi aytarsan? Do’stim biroz o’ylanib turdida keyin shu voqeani aytib berdi.
"Hot-dog "sabab unitilgan "Go’zal”
Men kollejda xorijiy filologiya yo’nalishida o’qirdim. O’sha paytlar guruhimizga yangi qiz kelib qo’shildi. U qiz shu qadar chiroyli ediki butun guruhimiz yigitlari unga oshiq bo’ldi. (ularni ichida men ham bor edim). Yangi kelgan Go’zalni ko’ngliga yo’l topish uchun guruhdoshlar orasida o’ziga xos musobaqa "START” olgandi. Ex xe nimalar qilmadik deysan, uni deb tadbirlarda qatnashdik. Ingliz tili darsidan umuman vazifani bajarmay keladigan bolalar hijolat bo’lmaslik uchu uyga berilgan topshiriqlarni bir amallab bajaridan bo’ldik. Go’zal esa hammamizga bir xil munosabatda bo’lardi. Unga qaysi birimiz yoqishimizni bilmasdik.Uning shaxlo ko’zlari va mayin ovozi meni devona qilgandi. Qisqasi kundan kun u men yoqib borayotgan edi. Bir kuni o’qishimiz oldidagi kafeda ovqatlanib o’tirgandim. Shu payt Go’zal kafega kirdi. Hot-dog va kofe olib o’rtaroqdagi stolga o’tirdi. Men o’tirgan stol burchakroqda edi shu sabab u meni ko’rmadi men bo’lsam unga termulib o’tiribman. U Hot-dogni endi yemoqchi bo’lyotganida ichidagi narsalar stol ustidagi likopcha tushdi. Men o’zimcha endi yangi Hot-dog yeydi deb taxmin qildim. U uchun yangi Hot-dog olib bahonada gaplashib olaman deb o’ylab sekin o’rnimdan turayotgandim. Go’zal sekin yon atrofga qaradida likopchadagi narsalarni qo’li bilan olib o’gziga solib chaynay boshladi. Qilgan bu ishini ko’rib men joyimda umuman "Muzlatib” qoldim. Qanchalik chiroyli bo’lmasin, qanchalik odobli bo’lmasin baribir shu qilig’idan keyin unga bo’lgan munosabatim 360 darajaga o’zgargandi. Axir chiroyi bor, lekin farosati yo’q qiz senga ham yoqmasligi aniq.
Bu xikoyani eshitgandan so’ng do’stimni oldida Hotdog degan nomni tilga olmaslikka qaror qildim.