Dehlidagi Auto Expo-2012 xalqaro avtosalonida Hindiston yangi avtomashinasini namoyish etdi. Bajaj RE60 deb ataluvchi bu transport vositasi dunyodagi eng arzon avtomobil hisoblanadi. Uning uzunligi 2,75 metrni, og`irligi esa 400 kilogrammni tashkil etadi, tezligi soatiga 70 kilometrga etadi. Narxi juda hamyonbop – 2,2-2,4 ming AQSh dollari. To`g`ri, bunday mashinaga yuk ortib bo`lmaydi, lekin unga to`rt kishi sig`ishi mumkin. Bundan oldingi eng arzon avtomobil ham hindlarga tegishli edi. Tata Nanoni 4,5 ming dollarga sotib olsa bo`ladi.
7x7 gazetasidan
|