10 fevral kuni klipmeyker Yodgor
Nosirovning ilk rejissyorlik ishi bo`lgan kinokartinasi — "Hijron"
filmining premyerasi bo`lib o`tdi. Ko`plab jurnalistlar qatori bizni
ham premyeraga taklif etshdi. Bu filmga qiziqish yuqori bo`ldi. Boisi
ushbu kartinada ikki yillik tanaffusdan keyin Dilnoza Kubayeva suratga
tushganidi. Kino haqida gapiradigan bo`lsak, avvalo aktyorlar guruhi
ancha yaxshi tanlanganini alohida ta'kidlash joiz. Dilnoza Kubayevaning
roli oldingilariga umuman o`xshamaydi. Ayniqsa ruhiy kasal insonning
obrazini ancha ishonarli chiqarib bera olgan. Premyerada bizga eng
yoqqan jihat qiziqchi taklif etilmagani bo`ldi. To`g`risini aytish
kerak, premyeralarda qiziqchilarni chiqishi tomoshabinlarni ancha
zeriktirib qo`ygandi. Yoqmagan jihat esa, aktyorlar guruhining
ko`pchiligi ushbu marosimga tashrif buyurmadi. Ayniqsa Dilnoza
Kubayevani ko`pchilik tomoshabinlar orziqib kutganligi shundoq sezilib
turgandi. Ammo baxtga qarshi u kelmadi.