1 oktyabr kuni o'zbek estrada olamining yana bir vakili, o'zining dil tortar qo'shiqlari bilan o'ziga yarasha muxlislarga ega xonanda Hayrulla Vahobov bo'ydoqlar safidan chiqdi. U o'z visol oqshomini Toshkent viloyati Bo'ka shahrida o'tkazdi...
Visol oqshomi juda qiziqarli va kutilmagan holatlarga boy bo'ldi. Qayerda ko'rgansiz, kuyov o'z to'yida qo'shiq kuylaganini? Ammo Hayrulla Vahobov odatiy holatlarga chek qo'yib, o'z to'yida o'zi ham kuyladi. Visol oqshomida Hayrulla Vahobov volidasiga hamda sevikli yoriga bag'ishlangan qo'shiqlarini yig'ilganlarga armug'on qildi. Shuningdek, "O'zbegim taronasi" radiosining ajoyib RJ i Dj MIX, xonandalar Abduvali Rajabov, Farruh Ahmedov, Doston Ubaydullaev va boshqalar nikoh oqshomida qatnashishdi. Davrani xalqimizning sevimli san'atkori Shuhrat Qayumov olib bordi. Nikoh yarim tunga qadar davom etdi. Shu o'rinda sherlar.uz portali ijodiy jamoasi Hayrulla Vahobovga oilaviy baxt tilab qoladi.
P.S.: Aynan shu kuni poytaxtimizda joylashgan "Ko'hinur" restoranida "Radius 21" guruhining yakkaxoni Shahzod G'ulomov ham o'z visol oqshomini o'tkazdi.