CHORSHANBA, 2025.01.01, 04:56
SMS SHERLAR, SMS TABRIKLAR, SMS SEVGI WWW.SHERLAR.UZ
Приветствую Вас MEXMON | RSS

Menu
Категории раздела
Новости Футбола
ozbekiston chempionat. jahon chempionati. evropa chempionati
ШОУ-Бизнес
Узбекский Шоу Бизнес JAHON SHOU BIZNES SHAHZODA RAYHON BOJALAR RAYXON.UZ SHAXZODA.UZ
SMS YUBORISH
BEPUL SMS YUBORISH UCELL MTS BEELINE PERFECTUM UZMOBILE BUTUN JAHONGA
QIZIQARLI
ENG QIZIQ AJOYIB PRIKOL ZOR MALUMOTLAR WWW.SHERLAR.UZ DA
MP3 KO`CHIRISH
BEPUL MP3 KOCHIRISH UZBEK RUS ARAB JAHON SHAXZODA RAYHON BOJALAR QASHQIRLAR MAKONI
MOBIL TELEFONLAR UCHUN
SOTKA UCHUN TEMA NOKIA TEMA MP3 JAVA KLIP KINO ZOR TEMALAR
Веб-Мастер
UZ DOMEN OLISH. UCOZNI ORGANISH BEPUL TK DOMEN. YANGI SHABLONLAR
TV SERIAL- ТВ Сериалы
QASHQIRLAR MAKONI YANGI. OZBEK SERIAL. UZBEK KINO
QO`SHIQ MATNI
YANGI QOSHIQLAR MATNI RAYHON SHAXZODA BOJALAR
IZOHLAR VA SMSLAR
YANGI SMS SHERLAR SHERLAR TOPLAMI
SEVGI
SEVGI MUXABBAT LOVE QIZLAR BILAN TANISHISH 14 FEVRAL SEVISHGANLAR KUNI
JAHON YULDUZLARI
JAHON YULDUZLARI
KULGI -FUNNY-PRIKOL
PRIKOL XAZIL FUNNY PRIKOL FOTO XAZIL FOTOSURATLAR. KULGILI RASMLAR
ISLOM
TANLOV
Психология
PSIXOLOGIK TESTLAR! PSIXOLOGIK TESTLAR PSIXOLOGIK TESTLAR!
FOYDALI MASLAHATLAR
Тесты
Рейтинг
FIKR-MULOHAZA
---TANISHAMAN---
QIZLAR BILAN TANISHISH. QIZLAR BILAN TANISHISH. QIZLAR BILAN TANISHISH.
MUXLIS--FANAT
TALAB VA TAKLIF
KASSA
FOYDALI SAYTLAR
ZOR SAYTLAR . PRIKOL SAYTLAR
SHERIYAT
KOMPYUTERLAR UCHUN
Реклама
PUL ISHLASH
INTERNETDA PUL ISHLASH. PUL TOPISH.
qizlar bilan tanishaman
qizlar bilan tanishaman
Афоризмы
Aforizmlar
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI
SHAXZODA RAYHON BOJALAR SHOXRUXXON. OZODBEK. SHOXJOHON
Гостевая
IBRATLI XIKOYALAR
WWW.SHERLAR.UZ
WWW.SHERLAR.UZ SAYTI UCHUN MAHSUS YANGILIKLAR HABARLAR SMS SHERLAR MADHIYALAR
Новости Узбекистана
Kliplar
Наш опрос
SHERLAR.UZ SAYTNINI QAYERDAN BILAS
XAMMA JAVOBLAR: 1195

Статистика

XOZIR SAYTDA 1
MEXMON 1
FOYDALANUVCHI 0
Главная » 2010 » Февраль » 21 » Hayotda hamma narsa bo'lar ekan
15:44
Hayotda hamma narsa bo'lar ekan

Albatta o’qing.

Men bir bolani jonimdan ortiq ko’rgandim, uni butun bir dunyoga ham almashmasdim, uni juda sevardim. U ham meni yoqtirishini ko’p martalab aytgan edi. U tez tez meni sevishini aytib turardi.
8 oylar bo’lgandi , lekin men unga hattoki bir marta men ham "seni judayam sevaman " deb aytmagan edim.Bu narsani aytishga qandaydir uyalar edim, qiz bolaga to’g’ri kelmaydi bunaqa deyish deb o’ylardim. Faqat bir marta " sen menga yoqasan” deganman zo’rg’a lekin bundan ortiq boshqa gap bo’lmagan. O’ylardimki harakatlarimdan, gaplarimdan uni yoqtirishimni o’zi sezadi , Sezdirib qo’ysam kerak deb. Menga doimo mehribonchilik qilardi, shu bilan birga men ham unga. Sinfdoshlarim u meni yoqtirishini bilishardi, biz bir birimiz bilan zo’r kelishar edik, hamma bizga havas qilardi. 8 oylar bu narsalar davom etdi. Sentabr oyida biz urshib qoldik. Meni gapimdan hafa bo’ldi u. Ancha vaqt umuman gaplashmadik desam ham bo’ladi. Hamma mendan nima bo’ldi deb so’rar edi, men esa javob bera olmasdim. Uni juda juda juda juda juda juda … hafa qildim deb o’yladim.O’zimni o’zim siqdim, har kuni yig’lardim, ertalab o’zgina ovqat yeb shundan 17:00 larda yerdim, bo’lmasa shundan kechki ovqatda ovqatlanardim o’z jonimga o’zim ozor berdim , men uni tushkun ahvolga qo’ydim, men uni qiynadim, hammasiga men aybdorman derdim. Yig’lash yig’lash kuyib siqilish bilan kunlarim, haftalarim, oylarim o’tgandi. Avvalgi hursand yuradigan, o’ziga ishonadigan, dadil, kuchli qiz yo’q bo’ldi. Butkul o’zgardi qoldi. Doimo homush yuradigan, arzimas sabab bilan tez tez sinfda ham yig’laydigan, sal narsaga jahli chiqadigan, hamma narsaga bee’tibor qizga aylandim. O’zgarib qolganimni doimo homush yurishimni bitta o’rtoqlarim emas balki ustozlarim ham sezishibdi. Bir kuni u bir qizni uyiga kuzatib qo’yayotganini ko’rdim. Yonib ketdim, ichimni it tirnatdi, Zo’rg’a turardim. Mayli edi kimdandir eshitsam ham, lekin o’z ko’zim bilan ko’rdim, ikkalasi ketishayotganligini. Uyga borib rosa yig’ladim. Boshqa nima ham qila olardim. Ertasi kuni undan so’ramadim ham: nega uni kuzatding, nima uchun…?... Bu narsani bir ikki uch to’rt martalab ko’rdim. Uyga borib yig’lardim "Allohim yordam ber…?” deb yolvorardim.Uning mendan ko’ngli qolganini sezardim gohida. Lekin shunday bo’lsa uning o’zi menga aytishi kerak derdim, unga ishonardim. Yana bir boshqa kuni Yaqin do’stim " endi u seni sevmas ekan. sen bilan gaplashmay qo’yganidan keyin qandaydir ko’ngli qolibdi” dedi men shu kuni ertalabdan soat 19:00 largacha yig’ladim adashmasam. Ko’zlarim ishib, qizarib ketgandi .Shunaqangi yig’lagandim meni yig’laganimni ko’rmasdan turib ishgan ko’zlarimni ko’rgan odamni o’zi ham yig’lab yuborardi. Shu gapni eshitdim , endi menga hayotning qizig’i ham yo’q edi. Lekin bu so’zlarga ishonmadim, bu yolg’on u seni sevadi derdim. Bunga ishonmadim shuncha yig’lab bo’lgach. Har narsa deb o’zimni ishontirardim. Ishondim ham bu taskinlarga. O’zi meni sevmasligini aytishi kerak degan to’xtamda edim.Chunki unga o’zimdanda ziyoda ishongan edim, uning sevgisiga ishongandim.Men birgina kuzatishni ko’rmadim, tansa, sms lar, … meni shu kuzatish, uni hafa qilganim, tansa, sms lar uni buni har hil gaplari, qolaversa uning o’zini gaplari, ishlari barchasi meni siqardi, qiynar edi. Har kuni bir hil ahvol edi, kuni bilan qiynalish, yig’lash, o’ylash, bu narsalar meni kechasi ham tinch qo’ymas edi. To’lg’onib chiqardim, barchasidan charchagan edim, bu hayotdan, sevgidan, sevishdan to’ygandim, kunlar o’tgani sayin.Nima uchun gaplashmay qo’ydik - u oxiri nimaga aylanib ketdi. Keyin eshitishimcha u o’sha qizga sevaman deb aytgan ekan. Buni eshitib nima ahvolga tushib qoldim. Shuncha narsalardan keyin ham uni unita olmadim, hech bo’lmasa undan nafratlana ham olmadim,baribir uni dedim,uni sevdim.Tan olishi kerak , uning o’zi tan olishi kerak, u menchalik qiynalgani yo’q. Chunki men uni dilini menikichalik og’ritgani yo’q. Men birortasi bilan gaplashganim yo’q edi, tansaga tushmadim,uyiga kuzatmadim,birortasiga sevgi izhor qilmagan edim. Uni qattiq hafa qildim deb o’ylagan gapim esa juda ham qattiq gap emasdi. Mendan ko’ngli qoladigan.Uni dili nimaga og’risin? Unda ahir nimaga nima uchun, nima sabab bilan…? Degan savollar yo’q edi.U mendan besabab ketdi… Men nimaga bunchalik kuyganimni haqiqatdan ham sevgan insonlar tushinishadi halos. Mana bu narsalarga 6 oy, yarim yil bo’ldi. Umuman olganda bizning o’rta buzilganligiga 6 oy bo’ldi. U boshqa birovga sevishini aytgani mendan boshqasiga aytgani meni kuydirdi, mayli kuzatganiyu,smslar.tansa va boshqalari lekin nega sevaman seni deb boshqa birovga aytdi? mendan nega yuz o’girganini aytib ketganida ham menga osonroq bo’lardi. Bilmasdim nega meni tark etganini, buni tushunmasdim, bilishni juda istardim. Nima sababli nima uchun?U nega boshqasiga bu gapni aytdi. Uning joniga tegmay deb uni ko’p so’roq ham qilmasdim… u uchun jonimni so’rashsa o’ylab ham o’tirmasdan shu kishanband jonimni berardim.uning tansa pansa va boshqa narsalari meni yuragimga nina,o’qdek bo’lib sanchilardi.Ko’zlarim u yoqda tursin yurak qon to’kib yig’lardi. Men hattoki bu savollarga javob ham ola olmadim. Bu savol jonimga ham tegdi. Mayli edi meni shunchaki tashlab ketganida, ham lekin boshqa birovga bunday deyishi…!!! Endi o’ylasam bu – hiyonat edi.Hiyonatdan boshqasimas. Men uni kechirdim kechirganman ham lekin bu narsalar umrbot yuragimda dog’ bo’lib qolib ketadi, yuragimda zanglab yotgan hanjar bo’ladi, va bo’ldi, ya’ni kechirdim lekin unita olmayman, sababini bilmadim. Hiyonat og’ir bo’ladi deyishsa unchalik ishonmagan edim bu haqiqat ekan. Kechirdim lekin unita olmayman.Balkim u to’g’ri qilgandir deyman… men ahir unga bir marta ham seni sevaman demaganman…Lekin shu gapni aytish shartmasku…Shundog’ ham bilsa bo’lardi…
Yaqinda, shu oyda o’zidan eshitdim haqiqatdan ham u boshqasini sevar ekan endi. Uning o’zidan eshitdim.Eshitdim kutgan narsamni eshitdim. Uyga borib yig’ladim doimgidek. Lekin ko’z yosh chiqmasdi, qolmagan edi ko’z yosh tugadi. Bu gaplarning qizig’i ham bo’lmay qoldi.Uning mendan ko’ngli soviganini sezgandek bo’lardim lekin bilmadim negadir undan yuz o’gira olmasdim, u mening hayotim degandim inson hayotdan yuz o’gira oladimi? Yo’q…Lekin men ham uni unitishim kerak edi. Qanday? O’z quvonchini unitib bo’ladimi? U mening quvonchim edi. Men uni unitishni gunoh sanardim. 6 oy ichida U meni sevmasligini baribir sezgan ekanman, shekilli faqat tan olish og’ir edi. U meni sevmaydi deb aytish og’irlik qilardi. taskin: u menga hali boshqasini yoqtirishini aytmadi degan gap.o’zi aytmagan bo’lsada bilardim, lekin yurak u uchun urardi. U bu gapni o’zi aytdi endi ozod bo’lgandek bo’ldim, yengil tortgandim ,Buni aytib o’zi ham qandaydir yengil tortganini sezdim.Haqiqatdan bir birini sevishsa Allohim ularga ulkan baxt bersin. Hozir u bilan faqat do’stona gaplashamiz. U qiz haqida ham gaplashib o’tiramiz. Bularni qabul qilish oson bo’lmadi.endi bilsam u qizga rostan ham yoqtirishini aytgan ekan. Bunga 4 oy bo’libdi. Men bilan urshganiga 2 oy bo’lar bo’lmas boshqasini yoqtirib qolganligi…….. yoki sevgan odam 2 oy ichida uni unitib yuborish mumkinmi…yoki kimnidir yoqtirish shunchalik osonmikan…??? U meni sevmasligini eszardim-ku Unda nima uchun men uni unitganim yo’q?. U yaxshi inson,yomon emas,yaxshi inson…
Allohimga shukur shu fevral oyida men ancha o’zimga keldim, ming shukur. Hozir ancha yaxshiman.U bilan faqat o’rtoq,sinfdosh,do’stman.Men faqat va faqat uni sevganman boshqasinimas. U mening 1-va oxirigi sevgim bo’lib qoladi. Endi hech qachon sevmayman, sevolmayman, endi bunga qurbim yetmaydi.Bu tuyg’ularim ko’mib tashlandi , yo’q hech qachon sevmayman, Allohim bu tuyg’uni berishi ham keragi yo’q. Faqat Allohni sevsang bo’ldi ekan boshqa jins vakilini, yor sifatida sevish esa … Buning keragi ham yo’q. Buni istamayman ham. Men hammasidan charchadim, charchadim. Orzular inson belini shu qadar egim ham qo’yar ekan. Alvido… U baxtlis shu ham baxt, Shu mening qalbimdagi niyat. Hayr,Alvido…Alvido sevgilim va sevgim..Alvido…………!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!
Hozir Allohimga shukronalar aytaman barcha-barcha-barchasi uchun.Uni deb quvonib uni deb qiynalganlarim uchun ham barchasi uchun shukur. Armonim degan she’r boshidan oxirigacha menga taaluqli ekan, bu mening eng yaxshi ko’rgan she’rlarimdan biri. Bu she’rdagi so’zlarning barchasi menga tegishli deb o’ylayman.
Armonim…
Jonim seni baxtga to’lib sevgandim
Goho yig'lab, goho kulib sevgandim
Borim nima, jonim nima, hattoki
Hayotimni senga berib sevgandim
Afsus o'sha damlar xayol bo’ldiku
Javobi yo'q dilda savol bo’ldiku
Vujudimda yashayotgan muhabbat
Sho'rlik qalbim ichra uvol bo’ldiku
Shumi baxtim, men sho'rlikni bilolmayman
Ich ichimdan yig'lab chindan kulolmayman
Na tirikman na o'lib ham o'lolmayman
Meni balki sevar kimdir men endi sevolmayman
Senga ayon edi qalbim dardlari
Senga bayon edi sevgim xatlari
Ohim yetar hatto osmon falakga
Senga yetmas ming faryodu dodlarim
Sevgim bo’ldi bu dunyoda bir kamim
Muhabbatim bor, hasratim, alamim
Ishqim o'ldi xiyonatning qo'lida
Tuyg'ularim armon endi sevolmayman
Armonim …shu qo’llaringdan tutmay sevdim
G'unchagina labingdan bol ichmay sevdim
Sevdim deya meni tashlab ketding hamki
Men bechora yo'llaringni to'smay sevdim
O’tib ketdi sensiz g'urbat kunlarim
Qayg'ularim allalagan tunlarim
Yoshligimdan armon bo'lgan sevgimga
Bugun so’ngi so’zim, so’ngi gaplarim
Tugar bo'ldi endi umrim sevolmayman. 17.02.10y 20.02.10y.
Категория: SEVGI | Просмотров: 2639 | Добавил: sirli-sir_000 | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Реклама.
Forum Faollari
  • neyla19
  • _DialNeNiNo_
  • OYDIN
  • _Dilya_
  • Jasmina---
  • _NaTaLi_
  • _Didishka_
  • Bilov
  • SUDEYS
  • MUHABBAT3223
  • qobilbek9353
  • odil@xran
  • YILDIZ
  • odiljon_-_oxran
  • Golib1214
  • _Shaddotcha_
  • Zahar_qizcha
  • Futbolist1990
  • Muxtor
  • ZARINA5545
  • Поиск
    Календарь
    2025 yil mamlakatimizda “Mustahkam oila yili”
    Хостинг от uCoz