Hayit bayramlari ikkitadir. Xalqimiz bu bayramlarni azaldan
nishonlab keladi. Bularning birinchisi Qurbon hayiti, ya'ni "Iyd
al-adha" deb ataladi. Uning oldidan ikki kun qolganda arafa kunlari
nishonlanadi. Yolg'on arafa va bir kun qolganda chin arafa kunlari
xonadonlarda chalpak, bo'g'irsoq, talqon va palov qilinadi.
Qo'ni-qoshnilar bir-birlarini hayit bilan muborakbod etib, qo'shni
xonadonlarga pishiriqlar chiqaradilar.
Qurbon hayiti Zulhijja oyining 10-13- kunlari nishonlanadi. Ba'zi
mamlakatlarida esa shu oyning 7 kunidan-haj boshlangan kundan e'tiborga
olinadi. Bu kunda qurbonlik qilinadi. Qurbonlik bu Allohga yaqinlik
hosil qilish uchun belgilangan 3 kun ichida qo'y, tuya yoki sigirdan
birini so'yishdir. Qur'oni Karimda ham qurbonlik qilish haqida oyat
nozil qilingan. Shu boisdan hajga brogan va moli nisobga yetgan
musulmon Qurbon hayitida jonliq so'yib qurbonlik qilishi kerak.
"Iyd al-adha" hayit bayramini nishonlash butun islom dunyosida bir
vaqtdaboshlanadi. Yurtimizda ham bu bayram o'zgacha shukur bilan
o'tkaziladi. Hayit kuni tong saharda katta-yu jome' masjidiga borib,
hayit namozini o'qiydilar. Beva-bechoralarga sadaqa ulashadilar. Keying
esa mozorlarga borilib, jamiki o'tganlarning ruhi-poklariga duoi fotiha
qilinadi. Shuningdek, bu kunda mahallalarda, qishloqlarda yangi tushgan
kelinchaklar borib ko'riladi, ya'ni "kelin ko'rdi" udumlari bo'lib
o'tadi.
Umuman olganda, hayit insonlar o'rtasidagi mehr-oqibatni
mustahkamlab, keksalar , bemorlarni borib ko'rish , marhumlar haqiga
qur'on tilovat qilib, ularni yod etishning amaliy ibrat namunasi bo'lib
kelmoqda.
Barcha yurtdoshlarimizga Qurbon hayit ayommi muborak bo'lsin.
|