SHANBA, 2025.01.11, 15:54
SMS SHERLAR, SMS TABRIKLAR, SMS SEVGI WWW.SHERLAR.UZ
Приветствую Вас MEXMON | RSS

Menu
Категории раздела
Новости Футбола
ozbekiston chempionat. jahon chempionati. evropa chempionati
ШОУ-Бизнес
Узбекский Шоу Бизнес JAHON SHOU BIZNES SHAHZODA RAYHON BOJALAR RAYXON.UZ SHAXZODA.UZ
SMS YUBORISH
BEPUL SMS YUBORISH UCELL MTS BEELINE PERFECTUM UZMOBILE BUTUN JAHONGA
QIZIQARLI
ENG QIZIQ AJOYIB PRIKOL ZOR MALUMOTLAR WWW.SHERLAR.UZ DA
MP3 KO`CHIRISH
BEPUL MP3 KOCHIRISH UZBEK RUS ARAB JAHON SHAXZODA RAYHON BOJALAR QASHQIRLAR MAKONI
MOBIL TELEFONLAR UCHUN
SOTKA UCHUN TEMA NOKIA TEMA MP3 JAVA KLIP KINO ZOR TEMALAR
Веб-Мастер
UZ DOMEN OLISH. UCOZNI ORGANISH BEPUL TK DOMEN. YANGI SHABLONLAR
TV SERIAL- ТВ Сериалы
QASHQIRLAR MAKONI YANGI. OZBEK SERIAL. UZBEK KINO
QO`SHIQ MATNI
YANGI QOSHIQLAR MATNI RAYHON SHAXZODA BOJALAR
IZOHLAR VA SMSLAR
YANGI SMS SHERLAR SHERLAR TOPLAMI
SEVGI
SEVGI MUXABBAT LOVE QIZLAR BILAN TANISHISH 14 FEVRAL SEVISHGANLAR KUNI
JAHON YULDUZLARI
JAHON YULDUZLARI
KULGI -FUNNY-PRIKOL
PRIKOL XAZIL FUNNY PRIKOL FOTO XAZIL FOTOSURATLAR. KULGILI RASMLAR
ISLOM
TANLOV
Психология
PSIXOLOGIK TESTLAR! PSIXOLOGIK TESTLAR PSIXOLOGIK TESTLAR!
FOYDALI MASLAHATLAR
Тесты
Рейтинг
FIKR-MULOHAZA
---TANISHAMAN---
QIZLAR BILAN TANISHISH. QIZLAR BILAN TANISHISH. QIZLAR BILAN TANISHISH.
MUXLIS--FANAT
TALAB VA TAKLIF
KASSA
FOYDALI SAYTLAR
ZOR SAYTLAR . PRIKOL SAYTLAR
SHERIYAT
KOMPYUTERLAR UCHUN
Реклама
PUL ISHLASH
INTERNETDA PUL ISHLASH. PUL TOPISH.
qizlar bilan tanishaman
qizlar bilan tanishaman
Афоризмы
Aforizmlar
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI
SHAXZODA RAYHON BOJALAR SHOXRUXXON. OZODBEK. SHOXJOHON
Гостевая
IBRATLI XIKOYALAR
WWW.SHERLAR.UZ
WWW.SHERLAR.UZ SAYTI UCHUN MAHSUS YANGILIKLAR HABARLAR SMS SHERLAR MADHIYALAR
Новости Узбекистана
Kliplar
Наш опрос
SEVGANIZ BORMI?
XAMMA JAVOBLAR: 2289

Статистика

XOZIR SAYTDA 7
MEXMON 7
FOYDALANUVCHI 0
Главная » 2009 » Октябрь » 21 » “Hay-hay”dagi xatolar.
17:35
“Hay-hay”dagi xatolar.
O’zbekiston xalq artisti Zulayho Boyxonova bir necha yillardan buyon ijod qilsa-da, ijodining so’nggi ikki-uch yili gurkiradi. Birgina qo’shig’i bilan xalqning e’tirofini qozondi. Muhabbat va e’tiqod esa hali oldinda! To’g’ri, Boyxonova ijodining yuzaga chiqishida estrada muhitida bir necha mashhurlarning ko’zdan g’oyib bo’lgani sababdir, muhimi, davri kelgan ekan. Balki, taqdir o’yinidir?

- “Hay-hay” sizni kashf etdi. Shu qo’shiqqacha bo’lgan ijodingizni esa omma deyarli bilmasdi ham…
- Shu qo’shig’im orqali tanilib ketishimni kutmagandim.

- O’zingizni qaysi san’atkordan kuchliman, deb hisoblaysiz? Ya’ni, raqobat borasidagi qarashlaringiz…
- Kuchliman, deb ayta olmayman. Har bir san’atkorning o’z iste’dodi bor. Ustoz san’atkorlarning qo’shiqlarini eshitganimda, o’zimni juda kichkina his etaman. Birov bilan yenglashaman, degan tushuncha bo’lmagan. Allohdan nima berilgan bo’lsa, shuni xalqqa yetkazib beraman. Odamlar xonandaning saviyasini belgilaydi.

- Gulsanam Mamazoitova, Ozodbek Nazarbekov kabi san’atkorlarni tan olasizmi? Nazarimda, ular siz bilan raqobatchi…
- Albatta. Ammo birovning ijodini kuzatishga vaqtim yo’q. bitta san’atkorning hamma qo’shig’i ham yoqavermaydi. Ustoz ko’rmaganligi uchun qo’shiqlarining na boshi, na o’rtasi va na avji bor. Gulsanamning “Beshak”, “Meni unutma” nomli qo’shiqlari yoqadi.

- Qaysi san’atkorlarni do’st deb bilasiz?
- Dili va tili bitta san’atkorlarni yaxshi ko’raman. Nasiba Sattorova, Maryam Sattorova, Muyassar Razzoqovalarning qo’shiqlarini tinglasam, etib jimirlaydi. Gulchehra Nosirova esa dublyajning guliga aylandi. O’zim esa yolg’iz Xudoga ishonaman.

- Estradada o’zingizni sinab ko’ryapsiz. Bachkanadek tuyilmayaptimi?
- San’atkor alyuminiy kabi egiluvchan bo’lishi darkor. Sinab ko’rib, yangilik yaratish mumkin. Estrada yo’nalishini boshlaganimda bandari uslubidagi qo’shiq kuylab, o’zimni noqulay his etganman. “Oyning o’n beshi yorug’” nomli bu taronam o’zimga yoqmagan. Yoshlarimiz uchun ham munosib qo’shiqlar yaratishga harakat qilyapman. Lirika aytib turib, birdan estradaga kirganim yo’q. Zinama-zina chiqyapman. “Hay-hay”dan so’ng milliy ruhdagi qo’shiqlarimni ko’p so’raydigan bo’lishdi. “Falak” qo’shig’imni ko’proq yoshlar talab qilishadi.

- Kezi kelib, qo’shiqlaringiz urfdan qolsa, nima qilasiz?
- Nima qilardim? Hamma narsaning o’z vaqti bo’ladi. Yangilanish ham kerak-ku!? Ko’pchilik qarilikdan qo’rqishi mumkin. Men bu davrlarni to’g’ri tasavvur qilaman. Bilasiz, teatrda ishlayman. Bosh rollarni martlarcha yoshlarga berib, chiqib ketyapman, yosh qizlarni o’ynamayapman. Gina-kuduratsiz yoshlarni qo’llashni afzal bilaman.

- Orasta ayolsiz. Kiyinishingizda ham ortiqcha bezak yo’q. bu tabiatingizga xosmi?
- Tabiatan ortiqcha bezaklarni yomon ko’raman. Yaltiroq kiyimlarni umuman kiymaganman.

- Oilaga yoki ijodga ko’proq vaqt ajratasiz?
- Avvallari oilamga ko’p vaqt ajratardim. Qaynonamning xizmatlariga hm ulgurardim. Farzandlarim katta bo’ldi. Oilamdan ko’nglim hotirjam. Xalqning nazariga tushgandan keyin yana izlanib qolarkansan. Dugonalarim bilan ko’risholmayapman ham. O’zimga juda talabchanman. Birinchi tanqidchi o’zim, so’ngra turmush o’rtog’im.

- U kishidan hafa bo’lmaysizmi?
- Jo’yali tanqid qiladi. Birga teatrda ishlaganmiz. U musiqachi.

- Turmush o’rtog’ingizning iste’dodini qanday baholaysiz?
- Yevropa san’atini ko’proq eshitadi. Meni ham shu darajaga tortishga harakat qiladi.

- Turmush o’rtog’ingiz ishlaringizga qay darajada aralashadi?
- Aralashmaydilar. Har birimizning o’z olamimiz bor.

- Oldingidan yaxshiroq muomala qiladimi? Axir, siz endi mashhursiz?
- Yo’q. odamlardan eshitgan gaplarini aytib, meni xursand qiladi. Xalqqa tanilishimni kudayam xohlagandi. Teatrda ishlayotganimda ishga bormasdan 5 oylik farzandimizga qarardi. Men esa ishga ketardim. Ijodimga turmush o’rtog’im hech qachon halaqit bermagan. Faqat yordam bergan.

- Teatrni tark etyapsiz… “Istiqlol” sahnasini ko’rgan san’atkorga teatr sahnasi kichik bo’lib qoladi. Darvoqe, Abduhoshim Ismoilov sabab tanildingiz…
- To’g’ri. Men havas qiladigan san’atkor Abduhoshim Ismoilov har doim “Meni gapiraverma, sababchi bo’ldim, xolos, iste’dodni esa Alloh bergan”, deydi. 2001 yildan beri birga ijod qilamiz. U kishiga havas qilishimni uyalmasdan aytaberganman. Umida Mirhamidova meni ustoz deydi, vaholanki, men hech narsa o’rgatmaganman. “Oq atirgullar” ommalashib ketganda, men unga havas qilganman.

- “Hay-hay”ning tarixi haqida turli faktlar bor…
- Shu matn bilan Ne’matjon Qulabdullayev juda go’zal qo’shiq kuylagan. Bir kuni repetitsiyadan keyin ovqatlanib o’tirgandik. Abduhoshim aka shu matn bilan boshqa qo’shiq xirgoyi qildi. Uni telefonga yozib oldik. Qo’shiqni boyitib, pionina jo’rligida bezadik. Menga juda yoqdi. Abduhoshim aka kuylagandek kuylolmaganman. Kitoblardan she’r izladik, tushmadi. Qo’shiqning ikkita jumlasida xato qilganman. Aslida “shuncha bo’lurmi, dilcha bo’lurmi” degan iboralar yo’q edi. Buni tinglovchilar sezmagan bo’lsa kerak. Saida Zunnunova kitobini topib o’qib ko’rsam, “Yo’qlatmagan” degan misra “Yo’qlamagan har kuning” deb yozilgan ekan.

- Qachon o’zingizni yolg’iz his etasiz?
- Hech kim so’ramay qo’yganda. Eng yomoni – yolg’izlik. San’atkor uchun esa eng og’ir narsa – unutilish.

- “M&TVA-2008”dagi musiqiy chiqishingizni xushlamaganlar bor…
- Sardor Rahimhon fikr bildirdi: “Hamma o’zingizning qo’shig’ingizni kutgandi”. Men esa rejissorning aytganini qilib, Tohir Sodiqovning qo’shig’ini kuyladim. “Qayg’u va alam” qo’shig’idagi kulgi ovozlarini esa o’zim qo’shdim.

- Shi qo’shiq o’zingizga yoqdimi?
- Avval yoqmadi. Keyin qulog’imga o’tirib qoldi. Hamma ham to’g’ri qabul qila olmadi.

- Noqulay vaziyatlardan qanday chiqib ketasiz? O’zingiz yoqtirmagan kishilar bilan bitta davrada bo’lib qolsangizchi?
- Noqulay vaziyatdan hech kimni bezovta qilmasdan, indamay chiqib ketaman. Avvallari dushman ichida bo’l, deyishardi. O’zimga yoqmagan insonlar bilan o’tirardim, lekin siqilib ketardim. Hozir unaqa emas. Yoqtirmaydigan insonlarimdan uzoq yuraman.

- San’atingiz orqasidan topayotgan daromadingizni yaxshi yashashdan tashqari yana nimalarga sarflayapsiz?
- Qo’shiqlarim aranjirovkasi, kliplarga sarflayapman. Oldin oilamga ko’proq sarflardim.

- Kliplaringiz deyarli yo’qku?
- “Hay-hay”ni so’rayverishgani uchun rejissorlar taklifi bilan klip suratga olganmiz.

- Bu kunlarga yetguncha ancha mashaqqat ko’rgandirsiz?
- Albatta. Boshimga nima kelgan bo’lsa, shunday bo’lishi kerak deb qabul qilganman. Hayot shunaqa – kecha bor joyda, kunduz ham bor.

- Balet, muzey, moda ko’rgazmasi…Siz uchun qay biriga borish avzal?
- Tasviriy san’at ko’rgazmalarini yaxshi ko’raman. Liboslarga o’chligim uchun konsertda ham moda namoyish qildik. Balet… “Farishtalar” raqsini yaxshi tushunaman.

- Taqdirga ishonasizmi yo hammasiga mehnat bilan erishiladimi?
- Menimcha, bu dunyoda ikkita yo’l bor. Biri o’ngga, biri chapga. Nazarimda, taqdir ikki yo’nalish bilan yozib qo’yilganu, insonga o’z hayotini go’zal va betakror qilishi uchun alq berilgan. Bu hayotda hammasi sinov.

- Sizningcha, chinakam baxt nimada?
- Inson bo’lib yaralganmiz – eng oliy baxt. Bu dunyodagi barcha go’zalliklar inson uchun.


Категория: ШОУ-Бизнес | Просмотров: 1709 | Добавил: MehrToY | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Реклама.
Forum Faollari
  • neyla19
  • _DialNeNiNo_
  • OYDIN
  • _Dilya_
  • Jasmina---
  • _NaTaLi_
  • _Didishka_
  • Bilov
  • SUDEYS
  • MUHABBAT3223
  • qobilbek9353
  • odil@xran
  • YILDIZ
  • odiljon_-_oxran
  • Golib1214
  • _Shaddotcha_
  • Zahar_qizcha
  • Futbolist1990
  • Muxtor
  • ZARINA5545
  • Поиск
    Календарь
    2025 yil mamlakatimizda “Mustahkam oila yili”
    Хостинг от uCoz