Chap tomonda ko`rib turganingiz bu "Oriyat-dono” radiosining mashhur
boshlovchisi Akmal Mirzo. Uning yonidagi yigitni aslo egizak ukasi deb
o`ylamang. U oilada Akmal Mirzodan keyingi farzand Elmurod Mirzayev.
Bugungi kunda bu yigit "Debsanda” qo`shig`i bilan san`at maydoniga
qadam qo`ydi. Albatta unga bu yo`lda akasi Akmal Mirzo prodyuserlik
qilyapti. Ko`zlari yonib turgan bu ijodkorlar tomonidan taqdim
etiladigan qo`shiqlar bugun "Istiqlol” san`at saroyida bo`lib o`tadigan
"Sen aziz va muqaddassan ayol” shou-konsert dasturida ilk bora katta
sahnada yangraydi! Demak, guvohi bo`lganingizdek, yana bir oilaviy
ijodkorlar faoliyati yuzaga kelyapti. Natijani esa albatta kuzatishda
davom etamiz.