Qadim zamonlarda bir qirol saroy yo‘liga qoya tosh qo‘yib, o‘zi uzoqroqdan kuzata boshlabdi.
Mamlakatning eng boy tijoratchilari, karvonlari, saroy a’yonlari o‘sha toshni aylanib o‘tib, saroyga kirishibdi. Hattoki ba’zilar baland ovozda qirolni qoralashibdii: "Xalqdan shuncha soliq yig‘ib oladi-yu, o‘zi yo‘llarga qarab ham qo‘ymaydi”.
Kunlarning birida qishloqdan saroyga meva olib kelayotgan dehqon yo‘ldagi toshni ko‘rib qolibdi. So‘ng to‘xtab, oz-moz qiyinchilik bilan toshni olib tashlabdi. Toshni yo‘l chetiga chiqazib, xaltasini endi yelkasiga ortmoqchi bo‘lgan ekan, nariroqda - yerda yotgan ko‘zaga ko‘zi tushib qolibdi. U ko‘zani ochib qarasa, ichida to‘la oltin emish. Ko‘zaning eng ustki qismida "Bu oltinlar toshni olib tashlagan odamga tegishli” degan yozuv bo‘lib, unga qirol muhri urilgan ekan...
ALQISSA…
Hamma shikoyat qilayotgan qiyinchiliklarga e’tibor bermay, vazifani bajargan odam, albatta, o‘z mehnati samarasini ko‘radi.