Hammaga salom. Rostini etsam hozi nima qilishni umuman bilmay qoldim.O'ziga to'q, yaxshigina oiladanman.Ota-onam meni bir nufuzli oilaga uzatishmoqchi,lekin hali beri turmushga chiqish niyatim yo'q.Tan olaman yigit kelishgan muomalasi juda yaxshi.uyim joyim deydigan yigitlardan.Ammo men hali 2 chi kursman,ancha qiyinchiliklar bilan o'z kuchim bilan o'qishga kirdim.Hech bo'lmasa 4 kurs bo'lsamam mayli edi. Men injiqlik qilib unashtirib qo'yinglar keyinroq turmushga chiqaman dedim.Ammo yigit mendan 6 yil katta bo'lgani sababli uni shu yil uylantirishmoqchi ekanlar.Nailoj,shu yili to'y bo'ladigan bo'ldi.Men u yigitni umuman tanimayman,3-4 marta uchrashdik xolos.Buning ustiga yigit Toshkentda turadi.
Men maslahatga judaham muhtojman.
|