BIRINCHI HADIS. Umar ibn Xattobdan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: <<Albatta, amallar niyyat bilandir. Har bir kishi niyyat qiluvchidir. Kimning hijrati Alloh va rasuli uchun bo'lsa,bas, Alloh va rasuli uchun hijrat qilibdi. Kimning hijrati dunyoga yetishish yoki hotinga uylanish uchun bo'lsa, uning hijrati o'sha narsaga bo'libdi>>. EKKINCHI HADIS Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhiy vasallam :<<Kimki bizni ishimzda yangilik qilsa, bu undan bo'lmasa, bas, u rad qilingandir>>,dedilar. Imom Buhori va Muslim rivoyatlari. UCHUNCHI HADIS Nu'mon ibn Bashirdan (r.a.) rivoyat qilinadi . Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: <<Albatta halol ochiq-ravshan. Albattda harom ochiq-ravshan. Uning o'rtasida shubhali narsalar bo'lib, uni ko'p insonlar bilishmaydi. Kimki shubhadan taqvo qilsa, dini va obrosini sofladi. Kimki shubhaga voqe' bo'lsa, haromga yo'liqib. Rioya qiliuv qo'riqxona atrofiga borib,uning ichiga kirib qolishi mumkin. Har bir podishoning qo'riqhonasi bor. Ogoh bo'ling, Allohning qo'riqhonasi u harom qilgan narsalaridir. Ogoh bo'ling, jasadda bir parcha go'sht bor. Agar u isloh bo'lsa, jasatning barchasi isloh bo'ladi. Agar u fasod bo'lsa, jasadning barchasi fasod bo'ladi. U ham bo'lsa qalbdir>>,dedilar. Imom Buxori va Muslim rivoyatlari.
|