1.Kishining be'mani narsalarni tark etishi islomning gözalligidandir. Imomi Ahmad rivoyati
2.Yomon körgan narsalaringga sabr qilmaguninglarcha yaxshi körgan narsalaringga erisha olmaysizlar. Bayhaqiy rivoyati
3.Kim Qur'onni öz rayi yoki bilmagan narsasi bilan tafsir qilsa,joyini dözaxdan tayyorlab olaversin. Termiziy rivoyati
4.Yaxshi narsani hech qachon arzimas sanama.Garchi birodaringning yuziga tabassum bilan qarash bölsa-da. Muslim rivoyati
5.Odamlardan qörqish hech biringizni körib turib haqni aytishdan tösmasin. Ibn Hibbon rivoyati
6.Albatta, Olloh rashk qiladi.Ollohning rashki mömin haromga borganda (keladi). Ibn Hibbon rivoyati
7.Kim Ollohga va oxirat kuniga iymon keltirgan bölsa, qöshnisiga ozor bermasin. Buxoriy rivoyati
8.Kim g'azabini tiysa, Olloh undan azobini tiyadi. Tabaroniy rivoyati
9.Kim möminga zarar bersa, Olloh unga zarar beradi. Kim möminga mashaqqat keltirsa, Olloh uni mashaqqatga soladi. Abdu Dovud rivoyati
10.Har bir odam bolasi köp xato qiluvchidir. Xato qiluvchilarning yaxshisi esa, tavba qiluvchilardir. Termiziy rivoyati
11.Chaqimchi jannatga kirmaydi. Buxoriy rivoyati
12.Sizlardan eng köp qörqadigan narsam - kichik shirk-riyodir.
13.Sadaqa molni kamaytirmaydi. Avf etgan kishini Olloh aziz qiladi. Olloh tavozu'li odamning martabasini kötaradi. Muslim rivoyati
14.Azon bilan iqomat örtasidagi duo rad qilinmaydi. Nasoiy rivoyati
15.Gumondan saqlaninglar. Albatta,gumon sözlarning eng yolg'onidir. Buxoriy rivoyati.
|