Главная » 2015»Декабрь»6 » Gvatemala futbol federatsiyasi prezidentini hibsga olishga order berildi
00:57
Gvatemala futbol federatsiyasi prezidentini hibsga olishga order berildi
Gvatemala huquq-tartibot organlari Xalqaro futbol federatsiyasidagi (FIFA) korrupsiya ishi bo‘yicha ayblanayotgan mamlakat futbol federatsiyasi prezidenti Brayan Ximenesni qamoqqa olishga order berdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.Prokuratura vakilining aytishicha, AQShdan Ximenesni hibsga olish va keyinchalik ekstraditsiya qilish yuzasidan so‘rov kelib tushgan. Mansabdor pora olish, mablag‘dan noqonuniy foydalanish va jinoiy kelishuvda ayblanmoqda. Ximenes o‘ziga qo‘yilgan ayblarni rad etmoqda, ayni paytda uning qayerda ekanligi noma’lum.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Ekvador futbol federatsiyasi prezidenti Luis Chiriboga uy qamog‘iga olinganligi haqida xabar berilgandi.