Gulsanam Mamazoitova.Hayoti va ijodiga nazar va uning atrofidagi ba'zi 1 mish-mishlar haqida
Gulsanam Mamazoitova san’atga kirib kelganida bamisoli "portlash” qilgandi. Ilk chiqishidayoq Ahmad Yassaviy ruboiylari asosida kuylangan qo`shig`i uni tanilishiga xizmat qilgan bo`lsa, "Ajab-ajab” cho`qqiga olib chiqdi. Va Gulsanam davlat tadbirlarining "finali”, ya’ni yakunlovchi bosqichda chiqadigan xonanda darajasiga ko`tarila oldi.
Ko`pchilik ayol san’atkorlar atrofida turli xil mish-mishlar tarqalishi odat tusiga kirgan. Eng e’tiborli jihati, bu mish-mishlar asosan ular turmushga chiqqinuga qadar bo`lgan davrda sodir bo`ladi. Gulsanamda esa buning aksi bo`ldi. To`ydan keyin odamlar 1 "haqiqatni” oshkor etishdi. Aytishlaricha, Gulsanam Mamazoitova aslida G`ulomjon Yoqubovga turmushga chiqqan ekan! Turmush o`rtog`i esa to`y kuni shunchaki "qo`g`irchoq” vazifasini o`tab beribdi! Bu gaplarni eshitib yoqani ushlashdan boshqa chora qolmadi!..
Eng qizig`i shundaki, bu shubhalarni 1 holat haqiqat ekanligin isbotlab beribdi. Ya’ni to`y kuni Gulsanam ham, G`ulomjon Yoqubov ham qizil kiyim kiyishgani bu gumon ayni rost narsa ekanligini isbotlabdi! Odamlarning "sezgisigi”ga qoyil qolmay ilojimiz yo`q!
Toshkentda shu gaplar avj olib turgan paytlarda ochig`i men iloji boricha bu gap-so`zlarga e’tibor bermaslikka harakat qildim. Chunki aqlimga sig`dira olmasdim, G`ulomjon Yoqubov farzandi tengi qiz bilan bunaqa ish qilmasa kerak?.. Lekin e’tiborimni qaratmasam bo`lmaydigan 1 holat sodir bo`ldi. Farg`onadan 1 yaqin do`stim telefon qilib qoldi. Ovozida kuchli hayajon bor edi. Salom-alikdan so`ng "Teemoor, siz gazetada ishlaysiz-a?” deb so`radi. Men ham o`z navbatida "Ha, tinchlikmi?” dedim. "Noxush xabar bor. Shu haqda yozsangiz. Otabek Muhammadzohid qazo qilibdi. Singlisi Gulsanam aslida G`ulomjon Yoqubovga turmushga chiqqanini eshitib, o`zini osib qo`yibdi”. Men ishongim kelmadi. "Yo`g`e, unchalik emasdir. Otabek Muhammadzohidni iymoni butun odam deb eshitganman. Aniqmi?” desam, "Men o`zim yashaydigan shaharda bo`layotgan voqealarni yaxshi bilsam kerak” dedi jahl bilan. Men "Xo`p ko`ramiz” dedimu, lekin hech narsa yozmadim. Oradan 1 hafta o`tib o`sha do`stim yana telefon qildi va "Teemoor, uzr, men adashgan ekanman” dedi… [Xulosa o`zingizdan!..]
Yaqinda "Sarbon” guruhining solisti Farhod Saidov bilan suhbatlashganimizda, Gulsanam Mamazoitova haqida gap boshlandi va u kishi "Gulsanam "Boshimda ipak ro`molim”dan keyin ko`zga ko`rinadigan 1on qo`shiq yaratmadi” deb qoldilar. Rostdan ham, aslida shunday. Sentyabr oyida "Yagonasan muqaddas Vatan” ko`rik tanlovida ikkinchi o`rinni olgandi. Boshqa yangilik ham, xabar ham yo`q edi.
Yaqinda Gulsanam konsert bermoqchi ekan degan gapni eshitib qoldik. Konsert 2010 yilning yanvar oyiga belgilanibdi va unda asosan yangi qo`shiqlar ijro etilar ekan. Bu xabarni eshitgan xonandaning muxlislari quvongan bo`lishlari tabiiy. Chunki "ayriliq” ancha uzoq davom etdi.
Bu maqolani yozishdan maqsad eski gaplarni kavlash emas. Shunchaki shou-biznesning ayrim jihatlari haqida mulohaza choqlashdir. Gulsanam Mamazoitovaga nisbatan bizda hech qanday g`araz yo`q va biz unga faqat omad yor bo`lishini tilaymiz.
Bizning mulohazalarimiz sizlarni ozgina bo`lsada o`ylantira olgan bo`lsa, o`z fikringiz yozib qoldirishingizni so`ragan bo`lardik. Sizning har 1 fikringiz biz uchun qadrli! Yuld*uzda qoling va oldinda sizni bunda-da qiziqroq voqealar kutmoqda!
manba.yuld.uz
|