Aqlim deydi: "Ketdi u, sening bilan qolmadi”
Yurak qurg’ur aqlimning so’zlarin tan olmadi
Birinchi marta aqlim ko’nglimni yengolmadi
Aytaqoling, bu pinxona sevgimas-a, mitticha?
Ishqilib, bu muhabbatdan belgimas-a, mitticha? Aqlim deydi: "Xo’jayin, tog’risi rossa toldim”
Ko’nglimning amri bilan, qo’limga qalam oldim
Dilimdagi borini qog’ozga to’kib soldim
Qanaqadur rishta bor, bilasiz-ku, mitticha
Sizam nimanidur his qilasiz-ku, mitticha!
Bir paytlar "yashil ko’zni” kutardim agentlada…
Mani "yashil ko’zligim” yashardi Toshkentlada
Bizni yaqinlashtirgan - shu virtual lendlada…
Bitta sizga nevidim qimaganman, mitticha…
Shirin so’zdan tinmaganman, tinmaganman mitticha
Nimadur qattiq qilib bog’lab qo’ygandi bizni,
Sizga meni bog’ladi, menga bog’ladi sizni
Qo’yvorgisi kemasdi, sirayam ikkimizni…
Shunday shirin rishtani uzdizmi, mitticha?
Bog’lovchi farishtani ketqizdizmi, mitticha?
Shu besh-olti kunlida azim Toshkentga bordim
O’n-o’n besh kilometr yaqinizda bo’ldim
"Boshpanezzi” ko’rdim, siz yurgan yo’ldan yurdim
Tashrifimdan yuragiz yozildimi, mitticha? :-D
Ming bilan o’nni farqi sezildimi, mitticha? :-p
Ona Namanganizzi aylanib, hayron qoldim
Adashmadimmikin deb, yaxshilab nazar soldim!
Va nihoyat, uzil kesil bariga amin bo’ldim…
Hech qaysi qiz gullaga suv somagan, mitticha
Gul shaxrida bittayam gul qomagan, mitticha
Shu zahoti so’radim: "Nima bo’ldi, bog’bonlar?”
Nega bog’larda gul yo’q, nega bo’sh bu guldonlar?
"Gulnoza yo’q, gul ham yo’q” javob qilishdi ular…
Alloh nasib qilganda, bir borarmiz, mitticha
Gullarizga birgalikda suv solarmiz, mitticha
Oxirgi tabrikimdan naq bir yil o’tib ketti
Va nihoyat yoshiz ham o’n yettiga yetti
Manga aziz raqam bu-shak shubxasiz o’n yetti
Mani eng eng samimiy tilakimdan, mitticha
"Tabriklayman”, shu so’z tog’ri yurakimdan, mitticha
To’grisi, hayotimda ko’plab qizlani ko’rdim,
Uzun, kalta, oq, sariq.. ko’p gul yuzlani ko’rdim
O’zini oy deb yurgan, ko’p yulduzlani ko’rdim
Hech qaysisi nazarimdan o’tolmagan, mitticha
Hech qaysisi qalbimgacha yetomagan, mitticha
Ajoyib so’zlar bilan, mani maftun etdiz
Hatto ko’rmasdan turib, qalbimgacha yetdiz
Bilmadim, ne sababdan mani tashab ketdiz
Yo rostanam shunchali yomonmanmi, mitticha?
Endi shu qiganlariz insofdanmi, mitticha
Zorimiz bor-u lekin zo’rimiza yo’q bizni
Vujudiz sog’ bo’lsa, ko’nglimiza to’q bizni
Bor shirin so’zla bilan tabrikliymiza sizni
Mubore, o’ng yettinchi bahor sizga, mitticha
O’n yettinchi bahoriy ifor sizga, mitticha
Yangi huquq beriladi, o’n yetti yashar qizga
"Qanaqa huquq o’sha?” toping bu savol sizga
Qiynalsez, berib ko’rin huquqchi domlezga
Mitti man dib topomiysiz baxonala, mitticha
Endi rosa ko’payadi, parvonala, mitticha
To’qqizinchi may deganda g’alaba anglanadi
Ozodlik deb jon bergan bobolar yodlanadi
Hammaning qalbi g’amgin, maniki shodlanadi
Kimlar uchun bugun balki motam kuni, mitticha
Man uchun bu faqat, faqat bayram kuni, mitticha!
Bir kuni mandarinla yegim keludi, lekin
Na pulga topdim uni, nainki topdim tekin
Keyin Limonariyaiz esimga keldi sekin
Bir kuni oborishga va’da bering, mitticha
Mandarinla oberishga va’da bering, mitticha
Bir paytlar sherlar.uzning malikasi ediz
Ham quyoshi, ham oyi, ham bekasi ediz
Mani davrimda manga eeng erkasi ediz!
Yana kimdur diz-dizlar aytarmikin, mitticha
Endi o’sha damlarimiz qaytarmikin, mitticha
"Go’zalsiz, tengi yo’qsiz”- so’zlari ko’p ezilgan
O’ylashimcha qizlar ham, bu so’zlardan bezigan
Shuniychun she’rlarimda turfa so’zlar tizilgan…
Man uchun qadrlisiz yoz-u bahor, mitticha
Tabrikim qabul qiling, yana bir bor, mittticha