Bir dona tuxum oqini bir choy qoshiq asal bilan aralashtirib oling. So'ngra bir choy qoshikdan sut va limon sharbati qo'shing. Unga bir necha tomchi bodom yog'i solib yaxshilab aralashtiring. 20 daqiqa davomida yuzingizga surib qo'ying. Yuz terisi tiniqlashib, ravshanlashadi.
Pomidorli niqob Yuzingiz nihoyatda yog'li bo'lsa va bundan xijolatlanayotgan bo'lsangiz, buning yo'li bor! Bir dona pomidor olib, uni qirg'ichdan o'tkazib olishingiz kerak bo'ladi. Unga bir choy qoshiq limon sharbati va shuncha sabzi sharbati aralashtirib yuborasiz. Niqobni yuzda o'n daqiqa ushlab turgach, iliq suvda yuvib tashlaysiz. Albatta oziqlantiruvchi krem surtishni unutmang.
QURUQ TERILAR UChUN
Tvorogli niqob
Bir choy qoshiq tvorogni yarim choy qoshiq asal va bir choy qoshiq kefir bilan yaxshilab aralashtirib yuboring. Niqob aralashmasi nisholda holiga kelguncha bo'tqalanadi. Buning uchun birozgina sabr va mehnat talab etiladi. Ushbu niqobni tozalangan yuzga surtgach, 20 daqiqadan so'ng qaynatib olingan iliq suvda yuvib tashlaysiz.
Bananli niqob
Bu oddiy va ,tez tayyor bo'ladigan niqob hisoblanadi. Buning uchun yarimta bananni sanchqi bilan uvalaysiz. Uvalangach, yaxshilab ezasiz. Uni nafaqat yuz, balki bo'yin terisiga ham surish mumkin. 15-20 daqiqadan so'ng iliq suvda yuvib olish kerak bo'ladi. Aslida bu niqobni barcha turdagi terilar uchun qo'llash foydali, ammo quruq terilar uchun ayni muddao hisoblanadi.
|