CHORSHANBA, 2025.01.01, 03:43
SMS SHERLAR, SMS TABRIKLAR, SMS SEVGI WWW.SHERLAR.UZ
Приветствую Вас MEXMON | RSS

Menu
Категории раздела
Новости Футбола
ozbekiston chempionat. jahon chempionati. evropa chempionati
ШОУ-Бизнес
Узбекский Шоу Бизнес JAHON SHOU BIZNES SHAHZODA RAYHON BOJALAR RAYXON.UZ SHAXZODA.UZ
SMS YUBORISH
BEPUL SMS YUBORISH UCELL MTS BEELINE PERFECTUM UZMOBILE BUTUN JAHONGA
QIZIQARLI
ENG QIZIQ AJOYIB PRIKOL ZOR MALUMOTLAR WWW.SHERLAR.UZ DA
MP3 KO`CHIRISH
BEPUL MP3 KOCHIRISH UZBEK RUS ARAB JAHON SHAXZODA RAYHON BOJALAR QASHQIRLAR MAKONI
MOBIL TELEFONLAR UCHUN
SOTKA UCHUN TEMA NOKIA TEMA MP3 JAVA KLIP KINO ZOR TEMALAR
Веб-Мастер
UZ DOMEN OLISH. UCOZNI ORGANISH BEPUL TK DOMEN. YANGI SHABLONLAR
TV SERIAL- ТВ Сериалы
QASHQIRLAR MAKONI YANGI. OZBEK SERIAL. UZBEK KINO
QO`SHIQ MATNI
YANGI QOSHIQLAR MATNI RAYHON SHAXZODA BOJALAR
IZOHLAR VA SMSLAR
YANGI SMS SHERLAR SHERLAR TOPLAMI
SEVGI
SEVGI MUXABBAT LOVE QIZLAR BILAN TANISHISH 14 FEVRAL SEVISHGANLAR KUNI
JAHON YULDUZLARI
JAHON YULDUZLARI
KULGI -FUNNY-PRIKOL
PRIKOL XAZIL FUNNY PRIKOL FOTO XAZIL FOTOSURATLAR. KULGILI RASMLAR
ISLOM
TANLOV
Психология
PSIXOLOGIK TESTLAR! PSIXOLOGIK TESTLAR PSIXOLOGIK TESTLAR!
FOYDALI MASLAHATLAR
Тесты
Рейтинг
FIKR-MULOHAZA
---TANISHAMAN---
QIZLAR BILAN TANISHISH. QIZLAR BILAN TANISHISH. QIZLAR BILAN TANISHISH.
MUXLIS--FANAT
TALAB VA TAKLIF
KASSA
FOYDALI SAYTLAR
ZOR SAYTLAR . PRIKOL SAYTLAR
SHERIYAT
KOMPYUTERLAR UCHUN
Реклама
PUL ISHLASH
INTERNETDA PUL ISHLASH. PUL TOPISH.
qizlar bilan tanishaman
qizlar bilan tanishaman
Афоризмы
Aforizmlar
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI
SHAXZODA RAYHON BOJALAR SHOXRUXXON. OZODBEK. SHOXJOHON
Гостевая
IBRATLI XIKOYALAR
WWW.SHERLAR.UZ
WWW.SHERLAR.UZ SAYTI UCHUN MAHSUS YANGILIKLAR HABARLAR SMS SHERLAR MADHIYALAR
Новости Узбекистана
Kliplar
Наш опрос
SHERLAR.UZ SAYTNINI QAYERDAN BILAS
XAMMA JAVOBLAR: 1195

Статистика

XOZIR SAYTDA 3
MEXMON 3
FOYDALANUVCHI 0
Главная » 2010 » Апрель » 30 » GO'ZALLIK NIMADA?
22:24
GO'ZALLIK NIMADA?


Biz doim go'zalikka intilib yashaymiz. Chiroyli bo'lishga urinib, hamma choralarni izlaymiz. Biroq, tabiiy go'zalikka hech biri teng kelmaydi. O'zlariga oro berish uchun turfa xil kosmetik vositalarni me'yoridan ortiq ishlatadigan "go'zallik sohibalari" faqat bugungi chehrani emas, kelajakdagi chehralarini ham ko'zguda tasavvur qilib ko'rsalar yaxshi bo'lardi.

Bugungi kunda hayotimizga chet el kompaniyalarining har xil kosmetik vositalari kirib kelmoqda. "Oriflame", "Marry Kay", "Faberlic", xullas, ularning soni ko'p. To'g'ri, ular o'z mahsulotlarini talab darajasida chiqarishmoqda. Bu kompaniyalar boshqalarga nisbatan yosh qizlarimizning hayotida muhim o'rinni egallamoqda. Qolaversa, bu kompaniyalar qizlarga go'zallik baxsh etibgina qolmay, balki "a'lo" bahoga o'qishlariga sabab bo'layotgani e'tiborimni tortdi. Qanday qilib hali mohiyatini to'la anglab etmagan bir tijorat tufayli tahsil olayotgan sohasida yaxshi o'qishi mumkin? O'qishga biznesning nima aloqasi bor, degan savol tug'ilishi tabiiy.

Yaqinda bir tanishim shu kompaniyalardan biriga a'zo bo'lib, o'zining "kichik biznesi"ni boshladi. Uning talablarini bajarish uchun kompaniya mahsulotlarini reklama qilib hali u yoqqa, hali bu yoqqa yugurdi. Aytarli darajada o'zining yo'lini ham topdi. Uning bu harakatlari faqat ish uchun emas, o'qishi uchun ham katta yordam bo'ldi. Qanday qilib deysizmi, u tibbiyot kollejida tahsil oladi. Domlalaridan biri o'quvchilarga baho chiqarish uchun ulardan o'z fani haqida emas, "Oriflame" kompaniyasiga nechta odam yozdirganiyu, qancha ball to'plaganiga qarab baho chiqarar ekan. Chunki kollej qizlarining deyarli barchasi shu domla orqali bu kompaniyaga a'zo bo'lishgan edi-da! Kompaniya mahsulotlari haqida to'liqroq ma'lumotlarga ega bo'lishi uchun a'zo qizlarga dars hisobidan javob berishiga nima deysiz? Endi dars jarayonini ko'z oldingizga keltiring. Domla baho chiqarish uchun o'quvchilarning familiyalarini birin-ketin o'qimoqda. O'quvchilardan birining familiyasini aytdi va u turib "Kompaniyaga a'zoman, 92 ball urdim", deb domlaga javob berdi, domla esa unga javoban, "Juda yaxshi, g'ayrat qiling", dedi va jurnalga "5" baho qo'ydi. Navbatdagi familiya o'qilganida u qiz ham kompaniyaga a'zoligini, lekin to'plagan bali kamligini aytdi. Unga "4" baho qo'yildi. U nima uchun "4" baho qo'yganligini so'raganida, savoli javobsiz qoldi...

Bu gaplar aslo to'qima emas, bugungi kunimizda sodir bo'lmoqda. Bizning sog'lig'imiz uchun qayg'uradigan bo'lajak hamshiralarga berilayotgan ta'lim, nahotki qandaydir insonlarning manfaatlari yo'lida qurbon qilinsa? Bu misollarim bilan kompaniyalarni yomonlab, ularda ishlayotganlarni ayblamoqchi emasman. Shunchaki yosh qizlarimiz uchun havas bo'lib ko'ringan bu qiyin muhitga aldanmasliklarini aytmoqchiman, xolos. Tijorat shunchaki beparvo bosib o'tiladigan yo'l emas, uning ham o'ziga xos qiyinchiliklari, zahmatlari bisyor. O'z sohamizning bilimli kadri bo'lib etishishimiz uchun "odam yozdirib ball to'plaganimiz"dan ko'ra, kitoblarni o'qib bilimimizni kengaytirganimiz ma'qul emasmi?

Yulduz FAYZIY,


Категория: FIKR-MULOHAZA | Просмотров: 1853 | Добавил: JAVOXIR | Рейтинг: 5.0/2
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Реклама.
Forum Faollari
  • neyla19
  • _DialNeNiNo_
  • OYDIN
  • _Dilya_
  • Jasmina---
  • _NaTaLi_
  • _Didishka_
  • Bilov
  • SUDEYS
  • MUHABBAT3223
  • qobilbek9353
  • odil@xran
  • YILDIZ
  • odiljon_-_oxran
  • Golib1214
  • _Shaddotcha_
  • Zahar_qizcha
  • Futbolist1990
  • Muxtor
  • ZARINA5545
  • Поиск
    Календарь
    2025 yil mamlakatimizda “Mustahkam oila yili”
    Хостинг от uCoz