Yigit bo’lib egolmadingiz bosh, Bo’lsangizda hijronda nohaq. Yigitman deb etmadingiz fosh- Pushaymonni, Qoldik muallaq. So’ng zaminga tushdim yuztuban, Siz-chi hamon falagingizda. Keyin ketdim, Alvido degan, Zorim qoldi yuragingizda… Kuzatdingiz mag’rurdan-mag’rur, Qol deyish ham tuyuldi malol. Tushunmaysiz: sevgi kechirur, Erkakni tiz cho’ktirsa Ayol. Yuragimda bir tilak, bir qasd, Xayolimda berar tasalli- G’urur ishqdan kelganida past, Yigit bo’lib yig’laysiz hali.! Ungacha men o’zgaraman chin, Menga ko’char o’sha toshday his. Mag’rur qizdan uzr so’rash-chun, Yigit bo’lib, kelolmagaysiz.!!!
|