Главная » 2011»Ноябрь»14 » “GM Uzbekistan” 2012-yildan yangi modeldagi avtomobil ishlab chiqarishni boshlaydi
23:55
“GM Uzbekistan” 2012-yildan yangi modeldagi avtomobil ishlab chiqarishni boshlaydi
"GM Uzbekistan” O‘zbekiston-AQSh qo‘shma korxonasi 2012-yildan "GSVEM” kodli nomi ostidagi yangi modeldagi avtomobil ishlab chiqarishni boshlaydi. Bu haqda "UzDaily” internet-nashri xabar qilgan.
Qo‘shma korxona 2011-2013 – yillarga mo‘ljallangan sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi qismlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi doirasida yangi avtomobil ishlab chiqarishni o‘zlashtiradi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "2011-2013 – yillarda sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi qismlar va materiallarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni yanada chuqurlashtirish to‘g‘risida”gi qarorni imzolagan edi.
Ushbu dasturga muvofiq, "GM Uzbekistan” 2012-yilda umumiy qiymati 52,39 million dollardan ortiq bo‘lgan 8 ming dona, 2013-yilda esa umumiy qiymati 523,357 million dollar bo‘lgan 80 ming dona yangi modeldagi avtomobil ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi.
2013-yilga kelib "O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi tizimi doirasida mahalliylashtirilgan mahsulot qiymatini 1,139 milliard so‘mga yetkazish rejalashtirilmoqda.