Статистика |
XOZIR SAYTDA 2 MEXMON 2 FOYDALANUVCHI 0 |
|
| | |
| Главная » 2010 » Январь » 5 » Ginekolog Ayol hikoyasi
09:55 Ginekolog Ayol hikoyasi |
Men bu maqolani bir necha yil avval "Musulmonlar taqvim kitobchasi"dan
o'qigan edim. Toshkentlik bir ginekologning hikoyasi yoritilgan ekan
maqolada. Maqolani o'qib shunchalik larzaga kelgan edim-ki, meni bunday
qabohatni yoniga ham yo'latmagan Ollohimga shukronalar aytgan edim.
Maqolani
o'qib ba'zi opa-singillarimiz va ularning turmush o'rtoqlari o'zlariga
yarasha ibrat olishsa biz maqoladan olinadigan maqsadimizga erishgan
bo'lamiz inshaAlloh.
Voqeani ginekolog ayoldan eshitamiz:
"Kasbim
ginekolog bo'lganligi sababli ayollarga doyalik qilishdan tashqari
abort qilib ham turar edim. Bir kuni shifohonada navbatchi edim,
honamga o'rta yoshlardagi er va hotin kirib kelishdi va bir iltimos
bilan kelishganini aytishdi, qanday iltimosligini so'rasam: - abort
qilish kerakligini aytishdi. Ayolning ko'rinishidan homilaning 4-5
oyligini bilsa bo'lar edi. Men rozi bo'lmadim. Tahmin qilganimdek
ayolning homilasi 5 oylik ekan. Homila 3 oy bo'lganidan keyin
meditcinada abort qilish mumkin emasligini tushuntirishga harakat qilar
edim, ammo eri tushunishni hohlamasdi. Ularning 4 ta qiz farzandlari
bor, ayol homilador bo'lganidan keyin 3 ta zamonaviy apparatlarga
tushgan, barchasi homila qiz bola ekanligini aytgan. Odatda homilaning
jinsi 3 oydan keyin bilinadi, bular aparatma-aparat yuraverishgan.
Homila bu orada 5 oylik bo'lib qolgan.
Er yana qiz ko'rib 5 ta qizi bor degan "isnodni" ko'tarmasligini aytdi va abort qilishim uchun katta pul va'da qildi.
Men
bir oz o'ylanib turdimda bularni shashtidan qaytarishga aqlim yetmadi
keyin katta miqdordagi pulni eshitib, nafsimni jilovlay olmay abort
qilishga rozi bo'ldim va bu oramizda sir bo'lib qolishini tayinladim.
Ayolni
yotqizib abortni boshladim, bola katta bo'lib qolgani tufayli homilani
bo'lib-bo'lib olishga qaror qildim, abort qiyin kechardi men ham,
mendan ko'ra ayol ko'proq qiynalardi.
Bir payt kutilmagan hodisa sodir bo'ldi. Bolaning belidan pasti butun tushdi, ne ko'z bilan ko'rayki bola o'g'il bola ekan...
Men
serrayib qotib qoldim va homila bo'lagini ota-onasiga ko'rsatdim, ayol
dod solardi er esa o'zini qo'ygani joy topolmay qoldi...
Men
bu voqeadan anchagacha o'zimga kelolmay yurdim, hatto shifohonaga ham
borolmay qoldim va homilaning jinsini ming zamonaviy apparatlar ham
bilib berolmasligini, bu ish yagona Ollohning qo'lida ekanligini
tushunib yetdim."
Anchagacha o'ziga kelolmagan ginekolog ayol bo'lgan voqeani "Musulmonlar taqvim kitobchasi" tahririyatiga jo'natgan.
Bu voqea hulosasi yodimda yo'q, ammo har kim o'ziga yarasha hulosani chiqarib olsa ajab emas.
|
Категория: QIZIQARLI |
Просмотров: 8879 |
Добавил: _SCORPION_
| Рейтинг: 0.0/0 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
| |
|
|