Статистика |
XOZIR SAYTDA 14 MEXMON 14 FOYDALANUVCHI 0 |
|
| | |
| Главная » 2014 » Октябрь » 24 » ღஐℒℴνℯஐღღ BaHhTღღஐℒℴνℯஐღ
21:46 ღஐℒℴνℯஐღღ BaHhTღღஐℒℴνℯஐღ |
$IMAGE1$ Bir kuni farishtalar kutilmagan fikrga kelishibdi. Ulardan biri shunday debdi: "Kelinglar odamlardan biror narsani bekitamiz..."
Uzoq õylab kõrishib baxtni yashirishga qaror qilishibdi. Ammo uni qayerga bekitishga boshlari qotibdi.
Biri debdi:
- Kelinglar, uni dunyodagi eng baland tog'ning uchiga yashiramiz.
- Yõq, Tangri odamlarni kuchli qilib yaratdi, kimdir tog' chõqqisiga kõtarilib, uni topishi mumkin. Bittasi topgach boshqa insonlar ham darhol Baxtning qayerdaligini bilib qõyishadi, dedi boshqasi.
- U holda Baxtni dengiz tubiga yashiraylik!
- Yõq, odamlar juda qiziquvchan. Kimdir suv ostida suzadigan moslama yasab oladi, shunda Baxtni topishadi.
- Uni yerdan uzoqqa boshqa sayyoraga bekitsak-chi, - taklif kiritdi biri.
- Yõq, Yaratgan ularga yetarlicha aql berganini yodingda tut. Qachondir ular olamlar uzra sayohat qilish uchun kema õylab topishadi, õshanda bu sayyorani tadqiq etib Baxtga erishishadi.
Butun suhbat mobaynida indamay turgan eng yoshi katta va oqil farishta shunday debdi:
- Biz Baxtni odamlarning õz ichlariga bekitamiz, ular tashqaridan qidirish bilan shunchalik band bõlishadiki, Baxtni õzlaridan axtarish, hatto xayollariga ham kelmaydi.
Barcha farishtalar rozi bõlishibdi. Õshandan beri insonlar butun hayotlarini Baxtni izlashga sarflashar, u õz ichlariga bekitilganini fahmlamas ekanlar
|
Категория: QIZIQARLI |
Просмотров: 169 |
Добавил: MiRzO_BoY
| Рейтинг: 0.0/0 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
| |
|
|