G'iybatning shohidi bölgan musulmon uni darhol töxtatib,birodarining obrösini saqlab qolmog'i lozim. Bu ish nafl emas,vojibdir.Agar töxtatilmasa ertami-kech jazosini tortilur.Bu vazifani ado etishning fazilati xususida yorqin dalillar kelgan. Asmo bint Yazidning rivoyat qilishicha,Payg'ambar s.a.v shunday deganlar: "Kimki döstining obrösini özi yöqligida himoya qilsa,uni dözaxdan ozod qilish Allohning ustidagi haq bölib qoladi". Yana Payg'ambar s.a.v shunday deydilar: "Kimki birodarining obrösini saqlasa,Alloh taolo qiyomat kuni uni dözaxdan saqlaydi." (Termiziy rivoyati) Birodarim,g'iybatga quloq solgan odam g'iybatchining gunohiga sherikdir.Iloji bölsa tili bilan,bölmasa,dili bilan qaytarmoq lozim.Qodir böla turib qaytarmasa,gunohkor bölur.Tili bilan jim böl,deyishi-yu,ichida özi xohlab turishi munofiqlikdir.Töxtashlikka ishora qilishning özi kifoya qilmaydi.Ochiqchasiga qaytarmoq lozim.
|