Nega aynan futbol? Tennis yoki boshqa sport turi emas? Ma'lum bölishicha,futbol zamonaviy hayotimizda öziga xos öringa ega.Futbol adrenalinni oshirib,g'alabaga bölgan kuchli ishtiyoq hissini uyg'otadi. Ruhiy sog'lomlashtirish uyushmasi ikkita jahon chempionati ötkazdi.Tadqiqotlar esa futbol uchrashuvining odamlar ruhiyatiga,özaro munosabatlariga,hissiyotlari va shaxsiy sifatlariga ijobiy ta'sir körsatishini tasdiqladi. Ruhiy sog'lomlashtirish uyushmasi prezidenti doktor Endryu Makkalloxning aytishiga köra futbol uchrashuvlari erkaklarga kundalik turmushdagidan köra öz hissiyotlarini tölaqonli ifoda etishga imkon beradi.Boshqa paytlarda esa kuchli jins vakillari öz hissiyotlariyu kechinmalarini yuzaga chiqarmaslikka harakat qiladilar. 70% ishqiboz futbol uchrashuvi kayfiyatini buzgani yoki jahlini chiqarganini ta'kidlaydi.76% muxlis esa uchrashuv chog'ida sevgan jamoasi gol kiritsa,qiyqirib bir-birining quchog'iga otishga tayyor turarkan.59%i butun uchrashuv davomida hissiyotlariga erk berib,baqir chaqir qilishdan uyalib ötirmas ekan.Ruhshunoslarning tasdiqlashicha,bunday hissiyotlarni ifodalash nafaqat ijtimoiy hamjihatlikni yaratadi,balki ruhiy sog'lom bölish uchun ham juda muhimdir.