Britaniyalik 46 yoshli Geri Bellchembers to'rt yil-u uch oylik qamoq
jazosiga mahkum etildi. U eBay internet-auksioni orqali golf o'yini
uchun kontrafakt anjomlar va kiyimlar savdosi bilan shug'ullangan
guruhni boshqargan edi. Ular o'z mahsulotlarini xaridorlarga yetakchi
firmalarniki deb aldab pullashgan, aslida bularning bari Xitoyning
Shenchjen shahridagi zavodda ishlab chiqarilgandi.
Jinoiy to'daning to'rt yillik faoliyati izlari, shuningdek, Tailand,
AQSh, Avstraliya, Germaniya, Gonkong, Singapur va Xitoyda ham topildi.
Bu eBay tarixidagi eng yirik tovlamachiliklardan biri sifatida qayd
etildi.