Filippinlik kambag‘al bir oiladan chiqqan Junri Balaving dunyodagi eng kichik odam deb topildi. Uning yoshi 18 ga teng bo‘lib, bo‘yi atigi 59,93 santimetrni tashkil qiladi. Unga diplomni Ginnesning rekordlar kitobi rasmiy vakili Kreyg Glendeyning shaxsan o‘zi topshirdi.
Rekordchining otasining so‘zlariga ko‘ra, Junrining bo‘yi 2 yoshgacha o‘sgan xolos. Hatto shifikorlar ham unga tashxis qo‘ya olishmagan. Biroq, Junrining akalari va opalari normal holatda rivojlangan.
Ginnesning rekordlar kitobi ma’lumotlariga ko‘ra, Junrining bo‘yi avvalgi rekordchi, nepallik Xagendra Txapa Magardan 7 santimetrga past ekan. Bu yo‘nalishda so‘nggi rekord 2010-yilning oktabr oyida o‘rnatilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, dunyodagi eng baland bo‘yli odam 2009-yilning sentabr oyida aniqlangan bo‘lib, u – 26 yoshli turk millatiga mansub Sulton Kosendir. Uning bo‘yi 2 metr 46 santimetrdan iborat.
Manba: РБК
infoman.uz
|