1983-yilning 17-fevralida Xorazm shahrida tug`ilgan. Toshkent davlat san`at institutida tahsil olgan. Oilada uch farzand: ikki o`g`il, bir qiz. Oddiy, hazilni yaxshi ko`radigan inson. Qo`g`irchoqlar yig`ish uning xobbisi. Mukofotlari: “Tarona-2006” “Milliy estrada yunalishida yilning eng yaxshi qo`shiqchisi”, “Nihol”. Kontsertidagi musiqiy rahbari: Farhod Saidov. Xorazmcha, tojikcha, o`zbekcha, ozarbayjonchada kuylaydi. Mashhur qo`shiqlarining nomi: “Sahro”, “Kel, azizim”, “Tegmang”, “Bahor”, “Alvido”, “Kumush”, “Galdi”, “Sevarim bor”, “Onajon”, “Yo`q-yo`q”, “Sovchilar”, “Zang-zang”, “Oy jilvasi”, “Xanue”, “Mani qoshimni”, “Ba Xudo”, “Alam”, “Begim”, “Kulishlaring yoqadi”, “Vatan”, “Erka qiz”, “Xotira”, “Yalla habibi”, “Yalli-yalli”. Albomlari: “Kumushning ko`zi manda”, “Men qo`shiq bo`lgani keldim dunyoga”. Kliplari: 30 ta. Kiyinish uslubi: milliy liboslar. Suratga tushgan filmi: “Voy-dod, sumalak!” Konsertlari: “Kel azizim”, 2005 yil; “Men qo`shiq bo`lgani keldim dunyoga”, 2006 yil; “Qalbim sizniki, san`atim sizniki”, 2007 yil 28-31 mart, 1 aprel. Ikkala konserti ham “Xalqlar do`stligi” saroyida bo`lib o`tgan.
|