Статистика |
XOZIR SAYTDA 4 MEXMON 4 FOYDALANUVCHI 0 |
|
| | |
| Главная » 2011 » Февраль » 5 » Farzandim tug'ildi.
05:20 Farzandim tug'ildi. |
U
dunyoga kelganida ulgurishim kerak bo'lgan samolyot va ko'paytirishim
kerak bo'lgan aksiyalar bilan mashg'ul edim. Uzoqlarda ekanman, u
atak-chechak yurishni, shirin-shirin gapirishni o'rgandi. Biroz o'sgandan keyin esa: «Men sizga o'xshashni istayman, adajon...” deya boshladi. "Men katta bo'lsam sizga o'xshayman”. Doimo ish joyimga qo'ng'iroq qilib: "Adajon, uyga qachon kelasiz?”, deb so'rardi. "Qachon kelishimni bilmayman, o'g'lim. Ammo kelganimda rosa mazza qilib o'ynaymiz...” Yillar shu kabi o'tdi. O'g'lim o'n yoshga kirdi. Unga bir to'p sovg'a qildim. "Rahmat, ada. Yuring, men bilan biroz o'ynang”, dedi. "Shu haftaning ichida bitirishim kerak bo'lgan ishlarim bor, o'g'lim. Dam olish kuni o'ynaymiz, ho'pmi?” "Ho'p”, dedi faqat yuzidagi shodlikdan asar ham qolmagandi. "Katta bo'lsam men ham siz kabi bo'laman...” Umr guyo oqar suv, kechdi-yu ketdi. O'g'lim avval maktabni so'ng oliygohni tugatdi. Bunday hollarda otaning o'g'liga qilgan nasihatlarini berish uchun: "O'g'lim, men sen bilan juda fahrlanaman. Kel, biroz o'tirib suhbatlashaylik, senga bir-ikki og'iz gapim bor”. U esa sekin kulimsirab: "Do'stlarim bilan uchrashishga va'dalashgandik. Ada, mashinangizni berib tura olasizmi? Keyin gaplasharmiz...”, dedi. Yana
yillar o'tdi. Men endi nafaqaga chiqdim, vaqt serob. O'g'lim esa boshqa
shaharda ishlar va o'sha yerda yashardi. Bir kuni unga qo'ng'iroq qilib: "Dam olish kunlari bizni kelib ziyorat qilib ketsang bo'larmidi?!”, dedim. "Ho'p, ada. Faqat ishlarim ko'proq ammo vaqt topib borishga harakat qilaman. Men ham sizlarni juda sog'inganman”. "Ho'p, endi qachon kelasan, o'g'lim?” "Bilmadim, ada. Hozir bir uchrashuvim bor shunga shoshib turibman. Ammo kelganimda mazza qilib suhbatlashamiz”.Shu so'zlar bilan telefon go'shagini qo'ygan o'g'limning bolalik orzusini ro'yobga chiqarganini tushundim. O'rnak olgan otasiga o'xshaganini... ayni otasi kabi ulg'ayganini... Madina.
|
Категория: FIKR-MULOHAZA |
Просмотров: 1088 |
Добавил: Vodima
| Рейтинг: 5.0/1 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
| |
|
|