27 avgust kuni Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyda rejissor Yolqin
To'xchievning navbatdagi "Farishta" nomli yangi kartinasining
prem'erasi bo'lib o'tdi...
Yolqin To'ychievning ushbu
filmi tragik-drama janrida suratga olingan bo'lib, unda bosh rollarni
Saida Rametova, Uchqun Tillaev, Alisher Uzoqov, Ilmira Rahimjonova,
Sherzod Saydaliev (Sherzod Bin) kabi kino sohasining yetuk ijodkorlari
talqin qilishgan. Bastakor Shuhrat Zokirov. Rasssom Bektosh
Rajabov.Operator Jamshid G'aniev. Film "Sharq sinema" studiyasi hamda
"Kinomaniya" kinokompaniyasi mahsuloti. Film uchun maxsus saundtrekni
xonanda Nilufar Usmonova ijro etgan. Yolqin To'ychievning yangi
kartinasi saroyga yig'ilgan tomoshabinni ilk syujetning o'zidayoq jalb
qila oldi. Ayniqsa, filmda Saida Rametova yaratgan obrazi alohida
e'tiborga molik. Har doimgidek, "Qaynona" obrazini yaratganiga qaramay,
avvalgilaridan butunlay farq qilardi. Kartinaning kulminatsion nuqtasi
bu Alisher Uzoqovning o'ldirib ketilishi bo'ldi... Prem'eraga Aziz
Rametov, Sardor Rahimxon, "Bayon" guruhi, Umar Shamsiev, rejissorlar
Sanjar Shodiev, Jahongir Ahmedov, Jasur Shametov, Shohida Uzoqova va
boshqalar tashrif buyurishdi. Film bugundan e'tiboran "Kinochilar uyi"
va Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyda namoyish qilinmoqda.
|