Kuni kecha Poytaxtimizning "G’uncha” hamda Kinochilar Uyida Rejissor Javlon Shodmonov hamda Muhibullo Ubaydullayev filmi "Zamonaviy sovchilar” kinokamediyasining premyerasi namoyish etildi. Premyera namoyishi juda qiziqarli kechdi, ammo aktyorlar Alisher Uzoqov hamda Muhammadiso Abdulxayirov filmning ilk namoyishiga kelmagani tomoshabinlarga bo’lgan behurmatsizligidan deb o’ylashimiz tabiiy. Film ijodkorlarini tanishtirilgandan keyin kinoni tomosha qilishga start berildi. Demak film boshlandi.... O’sha o’sha partnyorlar Uzoqov hamda Zarina Nizomidinova lekin bu aktyorlar umuman boshqa ampulada o’zgacha ijro va zamonaviy yoshlar bop qiyofada. O’sha o’sha mavzu qiz boy yigit esa kambag’al, qiz shadot yigit esa anqovroq. Ammo shuni takidlash joziki film boshlanishi bilanoq yuzingizga tabassum ko’zingizga quvonch yugirshi aniq sababiki Alisher Uzoqov barcha tomoshabinlarni hushnud etdi, albatta ijro etgan obrizi orqali. Muhammadiso Abdulhayirovning kinodagi ikki qahramoni chiqqan har bir lavha qiziqarli dialoglarga boy chiqqani kinoga o’zgacha fayz olib kirdi desak noto'g’ri bo’lmaydi. Alisher Uzoqovni juda hurmat qilamiz aktyorlik qobilyatiga tan berishdan ilojimiz yo’q. Lekin 1 oyda 4 ta filmda chiqishi.... Zarina Nizomiddinovada har doimgidek yuz mimikasi umuman sezilmadi lekin ko’zlarini pirpiratishlari har doimgidanda faolroq. Shuni ham alohida ta'kidlab o'tmoqchimizki ushbu kino ssenariy muallifi Otabek Mirzaxolov yosh bo'lishiga qaramay bu ushni udasidan chiqqaniga o'zingiz filmni ko'rib guvoh bo'lasiz. Filmga barcha o’zbek kinosining ashadiy muhlislarini taklif qilib qolamiz. Zamon talablariga javob beruvchi Kassabop, professional ijodkorlar ishtirokidagi "Zamonaviy sovchilar” filmiga barchangizni taklif etib qolamiz. Manzil esa barcha kino saroylarida namoyish etilmoqda. Dilshod Umarov