Do'sttlar rostgo'ylik va yolg'onchilik haqida nimlarni bilasiz?
Kuningizning yarimi maktabda o'tadi, Do'stlaringiz bilan suhbatlashganingizda, dars qilmay kelib o'qituvchingizga yolg'on gapirgansiz? Biror marta rostgo'y bo'lishning foydalari va yolg'onchilikning zararlarini his qilganmisiz hayotda? Agar shu savollarimizga «men biror marta ham yolg'on gapirmaganman, men faqatgina do‘stlarim yarashtirish uchun ularni aldaganman, men faqat bir inson hayotini saqlash uchun yolg‘onchilik qilganman» deya javob bera olsangiz, demak, baxtli odam ekansiz, demak, to‘g‘ri tarbiya olgan ekansiz. Rivoyat qilishlaricha: Donishmanddan so’rashdi: «Yaxshi inson qo‘rqoq bo‘ladimi?» «Ha», deb javob berdi donishmand. Yana so‘rashdi: « Yaxshi inson baxil bo‘ladimi?» «Ha», dedi. Yana so‘rashdi: « Yaxshi inson yolg‘onchi bo‘ladimi?» «Yo‘q», deb inkor qildi donishmand. Insonlar turli muhitda va turfa fe’lli ota-onalar qo‘lida tarbiyalanadi. Unda qaysidir fazilatlar bilan birga, qandaydir yomon illatlar ham birga ulg‘ayib boradi. Baxillik, qo‘rqoqlik, boringki, hasad ham kechirilishi mumkin bo‘lgan illat ekan. Ammo yolg‘onchilikni aslo kechirish mumkin emas. Mas’uliyatdan qochish yolg‘on gapirishga majbur qiladi. Xalqimizda «bildim — tutildim, bilmadim — qutildim» degan gap borku. Bildim degani, bu rost gapirgani, bilmadim esa rost bilan yolg‘onning o‘rtasidagi so‘z. Ya’ni mas’uliyatni yelkaga olishni xohlamaslik. Biz doimo «bilmadim, esimdan chiqib ketibdi, uyda qolib ketibdi, men buni qila olmayman, qo‘limdan kelmaydi» kabi iboralarni ishlatamiz. Aslida bu so‘zlarni aytish bilan birovlarni va o‘z-o‘zimizni aldayotganimizni o‘ylab ham ko‘rmaymiz. To‘g‘risini aytish kerak, inson rostgo‘y bo‘laman deb qanchalik urinmang, baribir yolg‘on gapirib qo‘yganingizni bilmay qoladi. Sababi, vaziyat, holatlar sizni shunga majbur qilib qo‘yadi. Hech kim men ota-onamdan yomon tarbiya olganman, ular meni o‘g‘ri-kazzob, yolg‘onchi bo‘lsin deb tarbiyalagan, deya ayta olmaydi. Bizni buvijonlarimiz , onajonlarimiz har doim ta’kidlashadi: «Jon bolam, yolg‘on gapirma, yomon bo‘ladi.>> Biz ularni o’gitlariga rioya qilishimiz zarur. Donishmandlar aytganlar: - Olloh nazdida eng yaxshi gap - rost gapdir. Gaplarning yomoni – bu yolg`onchilikdir, yolg`onni hazil bilan ham, jiddiy ham gapirib bo`lmaydi. Ota o`z bolalariga biron narsani va'da qilib, keyin uni bajarmay qo`ymasin! Rostgo`ylik ezgulikka boshlaydi, ezgulik esa jannatga. Yolg`onchilik yovuzlikka boshlaydi, yovuzlik esa jahannamga. Rostgo`y odamga yaxshi baho, yolg`onchi odamga yomon baho beradilar. Rostgo`y odam chin so`zi bilan borib-borib odamlar orasida obro’ e’tibor qozonadi. Yolg`onchi ham borib-borib o’zni obro’sizlantiradi. Chaqimchilik ham yomon illatdir, chunki u tufayli odamlar o`rtasi buziladi. Ko`rmagan tushini ko`rgandek gapirib berish – yolg`onning eng yomoni hisoblanadi. Kimki tilini rostgo`y, o`zini xotirjam, xulqini to`g`ri, qulog`ini tinglovchi, ko`zini ibrat nazari bilan boquvchi qilib olgan bo`lsa, demak, u baxtlidir. Odamlar orasida eshitgan har bir gapini gapiraverishi usha odamning yolg`onchiligiga dalildir...
- Xiyonat va yolg`onchilikdan boshqa har bir nuqson yaxshi insonda bo`lishi mumkin. yolg'onchilarni ikki ishidan darrov bilib olish mumkin. 1) Odatda ular uncha-buncha gapga ishonmaydigan bo'lishadi. Chunki o'zlari ko'p yolg'on gapirganidan boshqalarni ham yolg'onchi deb o'ylaydilar. 2) Doyim ikki xil gapiradilar. Oldingi safar unday degan bo'lsa, bu safar bunday deb turadi, ilgarigi yolg'on gapi o'zini esidan chiqib qoladi. Shunday ekan do'stlar rost so’zlashga odat qilishimiz kerak.
|