"Sunami” filmi yodingizdamiq Sevinch ijrosidagi "Olib ket” taronasi saundtrek bo'lib, ommalashib ketgandi. Yaqinda ana shu filmning voqeiy davomi "Sunami 2”ning namoyishi bo'lib o'tdi. "Zirapcha”ning prem'erasidan bir kun ham o'tmay, "ta'qiq” tamg'asini olishgan prodyuserlar bu galgi filmni prem'erasiz o'tkazishni afzal bilishdi, shekilli. Darvoqe, qatiqni ham puflab ichish kerak, naqliga amal qilishgandek...
O'zi filmga kechikib borgandim, tezroq tugashini esa sabrsizlik bilan kutdim. Voqealar rivojini deyarli tushunmadim. Murod Rajabov yaratgan rol o'ziga deyarli yarashmagan. Ochig'i, film jarayonlari mobaynida faqat bir taassurot uyg'ondi, suratga olingan joylarda men ham borib dam olgim keldi! Juda chiroyli manzaralar! Xorijda klip tushirishning o'zi qanchaga tushishini yaxshi bilamiz. Butun bir filmga ketgan sarf-xarajatlarni o'ylasangiz, esingiz ketib qoladi. Filmning jangari sahnalari, aktyorlarning mimik holatlari, kompyuter grafikasida ancha nuqsonlar bor! Tomoshabinlar achinish kerak bo'lgan kadrlarni ko'rib ishonchsizlikdan kulib o'tirishdi! Film oxirlamay, 15 taga yaqin tomoshabin o'z o'rnini tark etganiga ham guvoh bo'ldik. Bu fikrlar bilan birovning mehnatini qadrlamaslik emas, aslo, film ijodkorlari "Sunami 2” orqali nima deyishmoqchi ekanligini anglamadim. Orol, giyohvand moddalar, suv sohilidagi yaxta, qurollangan jangarilar...Nima bu endiq Tailandda go'zal bir orol borligi haqidagi reklamamiq Qahramonlardan biri Sevinch haqida so'raydi. Ikkinchisi, u changalzorlar ichida yo'qolib qolganini aytadi. Ma'lumotlarga qaraganda, Sevinch Mo'minova aslida to'ylar bilan ovora bo'lgani uchun suratga olish ishlarida qatnasha olmagan! Eng qizig'i, film so'ngida "Davomi bor” degan yozuv chiqadi. Nazarimda, Sevinch Mo'minovaning amallab bo'sh vaqti topilib, suratga tushgach, u "Sunami 3”da paydo bo'ladi va changalzorlar ichidan topiladi! Yana, hind filmlaridagi kabi pistolet o'qidan yaralangan qahramon o'lmay qoladi... Ularning ko'z oldida, shundoq sohilning bo'yida katta bir akula Murod Rajabov yaratgan obrazni tishlab yutadi! Xullas, hamma voqealar g'alati! Boshqasi haqida gapirgim ham kelmayapti... Jasur Hamroyev
|