Har bir inson o’z bolalik hotiralarini quvonch bilan yodga olsa, bu inson aksincha… Taniqli aktyor Eshton Katcher o’z intervyularidan birida bolalik davrlarini so’zlab bergan. Aytishiga qaraganda Eshtonning bitta singlisi Tausha va bitta yuragi transplantatsiya qilingan kasalmand Maykl ismli akasi bor ekan. "Men hech maktabdan uyga qaytgim kelmas edi. Akam haqida yana yomon habar eshitib qolishdan qo’rqar edim. Balki sizga juda g’alati tuyular, men hatto o’zimni o’ldirish choralarini o’ylab topar edim. Bir kuni Sedar Kasalxonasining 3 chi qavatidan o’zimmi tashlagan edim va juda og’ir jarohat olib, kollejimizdagi futbol komandamizdan chetlatilganman. 16 yoshimda kutilmaganda ota-onam ajrashishgan. Bu menga juda yomon ta’sir qilgan va alamzada bo’lib qolganimdan Kollejimizda yig’ilgan juda katta miqdordagi fond pulini o’girlaganman va 3 yilga ozodlikdan mahrum bo’lganman. Uni ustiga sevgan qizim ham tashlab ketgan edi. Men yaxshi yashash yo’llarini bilar edim, lekin qilgan ishim omadsizlik bilan yakunlanar edi.”
Eshton Katcher uchun omadli hayot uning 20 yoshida Nyu-Yorkdagi Moda Agentligi bilan shrtnoma imzolagan kunidan boshlangan. Eshton hozirda nafaqat mashxur model, balki juda ko’p muhlislarga ega, halq sevgan aktyor hamdir.