Bir kuni daraxt kesuvchi daraxt kesayotib, daryoga boltasini tushirib yubordi. Qayg`urganidan yig`lashga tushdi. Shu payt qarshisida avliyo paydo bo`ldi. — Nimaga yig`layapsan? — Qanday qilib yig`lamay? Axir boltamni daryoga tushirib yubordim, oilamni boqishga pul topolmayman. Avliyo daryodan tilla bolta chiqarib so`radi: — Bu senikimi? — Yo`q, bu mening boltammas. Avliyo daryodan kumush boltani chiqarib so`radi: — Bu senikimi? — Yo`q, bu mening boltammas. Nihoyat, avliyo daryodan temir boltani chiqarib so`radi: — Balki bu senikidir? — Ha, bu mening boltam, — xursand bo`lib ketdi daraxt kesuvchi. — Halol, to`g`riso`z odamligingni ko`rib turibman. Uchala boltani ham mukofot sifatida o`zingga ol. Daraxt kesuvchi to`kin yashay boshladi. Ammo kutilmaganda daryoga xotini ham yiqilib tushdi. U yana ho`ngrab yig`lay boshladi. Yana qarshisida avliyo paydo bo`ldi. — Nimaga yig`layapsan? — Qanday qilib yig`lamay? Daryoga xotinim tushib ketdi-ku. Avliyo daryodan Jennifer Lopesni chiqarib so`radi: — Bu sening xotiningmi? — Ha, mening xotinim, — dedi daraxt kesuvchi quvonib. Avliyoning jahli chiqdi: — Menga yolg`on gapiryapsan-ku! — Bilasanmi, bu yerda anglashilmovchilik bo`ldi. Bu mening xotinim emas deyishim mumkin edi. Unda sen daryodan Ketrin Zeta-Jonsni chiqararding. Men yana xotinim emasligini aytardim. Keyin daryodan haqiqiy xotinimni chiqararding. Men xotinim ekanini tan olardim. Sen menga uchalasini ham berarding. To`rtovimizni qanday qilib boqaman? Unda to`rttalamiz ham baxtsiz bo`lamiz-ku