Bir dehqoning mehnatkash xachiri bor ekan. U xachir maysalarni yeyishni juda yaxshi ko‘rarkan. Bir kuni xachir dalada o‘t yeb yurib, o‘sha yerdagi quduqqa tushib ketibdi. Quduqda suv kamligi sababli xachir cho‘kib ketish xavfidan qutulib qolibdi. Lekin bechora xachir u yerdan tirmanib ham chiqa olmaydi, uchib ham… Bir ikki harakat qilib ko‘ribdi, ammo befoyda. U yerdan o‘z kuchi bilan chiqa olmasligiga aqli yetibdi va bor ovozi bilan hangrashni boshlabdi. Bu ovozlarni eshitgan dehqon quduqni boshiga kelib qarabdi. Qarasa, pastda o‘zining sevimli xachiri, lekin, shunday katta xachirni qanday qilib chiqaradi. Hamqishloqlarini yordamga chaqiribdi. Ular ham o‘ylab-o‘ylab biron chora topa olishmabdi. Shundan, keyin, xachirning nolalariga chiday olmay: "chiqarishga yordam bera olmaganimizga yarasha, yana azoblanishdan qutqaraylik. Bu quduq endi ishga yaramaydi. Quduqni ko‘mib yuborsak, xachir azoblanishdan qutiladi” – degan qarorga kelishibdi. Bularni eshitib turgan xachir yana qattiqroq iztirob cheka boshlabdi. Tiriklayin ko‘milishdan yomonroq narsa bormi? Shunda yuqoridan ustiga tosh tuproq tusha boshlabdi. Xachir avvaliga o‘limni qabul qilibdi-yu, keyin hayoliga yaxshi fikr kelib qolibdi. Va uni tadbiq qila boshlabdi. Ustiga tuproq tushganda bir silkinib, tuproqni ustiga chiqarmish va har safar: "Silkin va sakra” deb o‘ziga-o‘zi gapirarmish. Yuqoridagilar uni ko‘mish uchun quduqni to‘ldirish bilan ovora bo‘layotgan bir vaqtda ularning yonida xachir paydo bo‘libdi. U haliyam "Silkin va sakra” deb ming‘irlashda davom etardi. Xachir shunday qilib quduqdan qutulib chiqdi. Eng umidsiz paytda ham umidsizlikka tushmay, muvaffaqiyat rejasini tuzdi.
|