Antropologlar Efiopiya hududidan 3,3 mlrd. yil ilgari yashagan uch yoshli qizchaning tana suyaklarini topishdi. Tadqiqotchilarning bildirishlaricha, suyaklar fanda “Australopithecus afarensis” nomi bilan ataluvchi zamonaviy insonning eng qadimgi ajdodiga tegishli, deb yozadi xalqaro antropologlar nashri bo‘lmish “Nature” jurnali.
Yelka qismida ayrim kamchiliklarni hisobga olmaganda, deyarli butunligicha saqlangan qizaloq ckeleti 1974 yili Efiopiyaning shimoliy-sharqidan topilgan Lyusi (birinchi gominid odam) kabi uzoq o‘tmish odamlari hayotidan hikoya qiladi.
Ayni paytda har ikkala topilma Leyptsigdagi Maks Plank institutida saqlanmoqda.
“Homo afarensis” odamlar maymunsifat jonzot — neandertallardan zamonaviy odamga o‘xshash ko‘rinishi bilan farq qilgan. Ba’zi olimlarning fikricha, ular gapirishni bilganlar. Yangi topilmaning tilosti tog‘ayi borligi yuqoridagi taxminni yana bir marta isbotladi. Hozirgacha ularning kelib chiqishlari 2,5 mlrd. yil deb hisoblanar edi. Biroq endi tarix kitoblaridagi bu dalilni yana 800 mln. yil ilgariga surishga to‘g‘ri keladi.
|