Olimlarning fikriga ko`ra depressiya tez orada eng ko`p uchraydigan kasalliklarni birinchisiga aylanadi. U hatto yurak-qon tomir tizimi kasalliklarini ham ortda qoldirib ketadi. Hozirda yer yuzida 450 milliondan ortiq kishi turli hil asab kasalliklari bilan og`riydi. Butunjahon sog`liqni saqlash tashkilotida faoliyat yurituvchi professor Shekxar Saksenning ma`lumotlariga ko`ra 2030-yilga borib depressiya eng keng tarqalgan kasallikka aylanadi. Bundan yuz yil oldin bor-yo`g`i 1% odamda uchragan bu kasallik, XXI asrning boshiga kelib 20% odamda kuzatilgan. Bunga yashash tarsi, yuqori quvvatli ovqat iste`moli, kam harakatlilik asosiy sabab bo`lyapti. Shu sababli professor Stiven Ilardi faol hayot tarzini ilgari surmoqda.