Tashvishlarni ortidan dardim ko'payib ketti,
Siqilib yig'lar yurak qayg'u yupatib keldi.
Yasholmadim baxt bilan dardim ustunlik qilib,
Men baxtimdan voz kechdim o'zimni dardga berib...
Yolg'izlik menga suyanch yonimda yorim qani,
Sabr qilib bir tilak so'radim o'ldirgin mani.
Umidimni uzdirgan dardlarim menga hamroh,
Qani o'sha men sevgan o'tkinchidir bu hayot...
Kirmayin yomon yo'lga gunohi kayf safoga,
Uzoqdaman ko'cha kezgan tungi kapalaklardan.
Yo'limda to'g'ri yurib yordam berdim shaytonga,
Yaxshilik qaytmas nega? bilmadim xozirgi kunda!...
Do'stlarim yaxshi kunda yonimda bo'lsa qani,
Yomon kunim oshin yeb o'ldirib ketsa mani.
Kimga ishonay axir bormi yaxshi insonlar,
Qachonlardir mehrli bo'lgandi-ku odamlar...
Bunchalar tez o'zgardik hayot hayron bizlarga,
Uyaladi qizarib quyosh ham cho'kdi yerga.
Tashlab ketsa sevgilim zor qalbimni bo'zlatib,
Nechun kambag'al bo'ldim sevgini saxiy bilib...
Ishonaman har kimga rost gapirar bormikan,
Yolg'on so'zlar ortidan baxt tilagan ko'p ekan.
Ustimdan kular hayot hamma ayb o'zimda,
Eh bir dardim bor edi yozdim shuni she'rimda...
Sasha.B -Ijodi.. Baxt_Va_Dard -Uchrashuvidan...
|