Sizni sog'indim. Yolg'on so'zlardan yaralangan dil rost so'zdan qayta yashnashni istaydi. Mendek bir ojizaning orzulariy-u, tushlari ro'yobga chiqishini istaysizmi azizim? Istasangiz keling-u qo'llarimdan tutib rost so'zlarni ya'ni o'sha siz erkaklik g'ururingizdan voz kechib, qizlardek iymanib aytgan so'zlarni yana bir marta yana bir bora ayting. Keling-u sog'inchdan tolgan ko'zlarim quvnasin keragim. Ne-ne oshiqlarni ishq iskanjasida beraxmlarcha yolg'iz qoldirib ketgan kamon kipriklarim maysadek qayta yashnasin yuragim. Bu so'zlarimni balkim oddiy kitobiy ko'chirma she'r deb o'ylarsiz lek adashasiz, bu Gulingizni sog'inchdan titrab turgan lablaridan chiqayotgan dil so'zlari. (Bu satrlarni o'qib hayron bo'ldilami? Kimga atalgan dil izhorlari ekan dib. Man ham hayronman kimga tegishli xatligiga. Agar qiziqsela keyingi safar xatni egasini ya'ni shunchalik sevilgan insonni kimligini etaman)