Главная » 2016»Февраль»1 » Dunyoning eng yaxshi oshpazi Shveysariyada o‘z joniga qasd qildi
17:28
Dunyoning eng yaxshi oshpazi Shveysariyada o‘z joniga qasd qildi
Shveysariyadagi Hôtel de Ville restoranini boshqargan dunyoning eng yaxshi oshpazi Benua Violye o‘z joniga qasd qildi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti” Vo kantoni politsiyasiga tayanib.
44 yoshli pazanda o‘zini otib tashlagan, uni Lozanna yaqinida joylashgan Krisye shahridagi uyidan topishgan.
Fransiyalik Violye Krisyedagi afsonaviy Hôtel de Ville restoranida bosh oshpaz bo‘lgan. 2015-yilda muassasa fransiyalik ekspertlar tomonidan tuzilgan La Liste reytingida birinchi o‘rinni egallagan edi.
Prokuratura fojiali hodisa qanday vaziyatda sodir bo‘lganini aniqlash uchun tergov ochdi.