Britaniyaning The Telegraph nashri dunyoning eng qo‘rqinchli aeroportlari ro‘yxatini e’lon qildi. Undan to‘rt qit’a: Osiyo, Afrika, Yevropa va Janubiy Amerika havo qo‘nalg‘alari o‘rin olgan, deya xabar beradi “Korrespondent.net”.
Butan qirolligidagi Himolay cho‘qqilari bilan o‘ralgan Paro aeroporti parvoz va qo‘nish uchun eng qiyin aeroportlar sirasiga kiradi. Lesotodagi Matekane aeroportining uchish-qo‘nish maydoni atigi 400 metrni tashkil etadi, uning oxiri esa 600 metrli jarlik yaqinida joylashgan.
Portugaliyadagi Madeyra havo qo‘nalg‘asi ham uchuvchi va yo‘lovchilar uchun qo‘rqinchli manzil hisoblanadi: uning uchish-qo‘nish maydoni 150 ta temirbeton ustunlar ustida joylashgan.
Ro‘yxatga plyajda joylashgan hamda suv sathi ko‘tarilganda ishini to‘xtatadigan Barr (Shotlandiya) hamda uchish-qo‘nish maydoni 18,5 daraja qiyalikda joylashgan va uchuvchilardan maxsus tayyorgarlikni talab etadigan Kurshevel (Fransiya) aeroportlari ham o‘rin olgan.
|