Главная » 2009»Ноябрь»30 » Dunyoni titratgan vodiy yohud "Qashqirlar makoni"ning tarixi!
19:05
Dunyoni titratgan vodiy yohud "Qashqirlar makoni"ning tarixi!
"Qashqirlar makoni"ning bosh qahramoni- Po'lat Alamdar obrazini jonlantirgan Nejati Shashmazni mashhurlik cho'qisiga ko'tarilish tarixi o'ziga xos. 6 yil mobaynida AQSHda istiqomat qilgan Nejati Shashmaz oila a'zolarini ko'rish uchun Turkiyaga tashrif buyuradi Lekin u ortiga qaytayotgan kun - 2001-yilning 11-sentyabrida AQSHda sodir bo'lgan fojia natijasida barcha reyslar bekor qilinadi va u noma'lum muddatga Turkiyada qolishga majbur bo'ladi keyin esa u akasi Roji Shashmazni taklifi bilan Turkiyaning mashhur rejissyorlaridan biri - Osman Sinavning qo'lida ishlay boshlaydi. Ayni paytda akasi Raji Shashmaz katta siyosat va uning Turkiyadagi inqilosi haqidagi serial loyihasi ustida ishlayotgan edi. Nixoyat Raji Shashmaz loyihani mashhur rejissyor Osman Sinavga taqdim etadi. Shu tariqa Osman Sinav homiyligi ostida "PanoFilm" paydo bo'ladi. Xayratlanarlisi shundaki bosh ro'lga aktyorlik diplomi bo'lmagan Nejati Shashmazni taklif qilinishi jurnalislarni hayron qoldiradi. Suratga olish boshlanadi. Uzoq kutilgan filmni 1-qismi 15-yanvar 2003-yilda Show TV orqali namoyish etiladi. Natijada - portlash, osmono'par reyting va millionlab muhlislar paydo bo'ladi!