Yaqinda www.gzt.rusaytida Mixail Kalujskiy ”Dunyoni o‘zgartirgan o‘n yozuvchi” nomli maqolasini e’lon qildi. Unda Ikkinchi jahon urushidan keyin o‘ziga xos dunyoqarashi bilan jahon tarixi sahifasidan joy olgan yozuvchilar haqida fikr yuritilgan. Ularning ko‘pchiligini yaxshi taniysiz, ayrimlarining asarlarini o‘qigansiz ham.
Ro‘yxatdan kolumbiyalik mashhur yozuvchi Gabriel Garsiya Markes, rus adibi Aleksandr Soljenitsin, amerikalik birinchi qora tanli yozuvchi ayol deb e’tirof etiluvchi Toni Morrison, sobiq chexoslavakiyalik Milan Kundera, Garri Potter orqali jahonga tanilgan Buyuk britaniyalik adiba Joan Rouling, italiyalik mashhur yozuvchi Umberto Eko, perulik Karlos Kastaneda kabilar o‘rin egallashgan.
Muallif fikricha, ushbu yozuvchilar o‘z asarlari orqali “kecha”, “bugun”, “ertaga” degan so‘zlar zamirida nimalar yotishini, qanday yashaganu qanday yashash lozimligini keng ommaga singdira olgan adiblardir va ayni shu jihat ularning e’tiroflar o‘nligiga kiritilishiga sabab bo‘lgan
|