Angliyaning "Manchester Yunayted” futbol klubi mana yetti yildirki mashhur Forbes jurnali tomonidan sayyoramizning eng boy klubi sifatida tan olib kelinmoqda. Jurnal ekspertlari tomonidan o‘tkazilgan tahlillar natijasida ma’lum bo‘lishicha, klubning hozirgi kundagi kapitali 1,86 mlrd. $ ga teng.
Ushbu ro‘yxatda ikkinchi o‘rinni jamshidIspaniyaning "Real Madrid” klubi band etgan. Bu yil Ispaniya kubogida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoaning aylanma mablag‘i 1,45 mlrd. $ ni tashkil qiladi.
Kuchli uchlikni Londonning "Arsenal” klubi yopib beradi. "To‘pchilar” jamoasining boyligi 1,19 mlrd. $ miqdorida baholangan.
Forbes tomonidan olib borilgan tadqiqotlarda klubning o‘tmishda qancha mablag‘ evaziga sotilgani, yillik daromadi, TV bilan tuzilgan shartnomalari va yangi o‘yingohlar qurilishi bilan bog‘liq qarzlari qancha ekani ham inobatga olingan.
#1 Manchester Yunayted (Manchester United)
Mamlakat: Angliya
Liga: Barkleys Premyer ligasi
Klub egasi/Asosiy aksiyadori: Gleyzer oilasi
Stadioni: Old Trafford (76 000 tomoshabin)
Klubning joriy kundagi qiymati: 1,864 mlrd. $
Daromadi (2010): 428 mln. $
Manchester Yunayted – yetti yildan beri dunyodagi eng qimmat futbol klubi. Klub dunyo bo‘ylab 333 million, xususan Osiyoda 193 million muxlisga ega. "Qizil iblislar”ning Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasi 13,2 million (2011-yil, may) muxlisga ega. Uning tijoriy faoliyatidan kelgan daromadi 2010-yilda 122 mln. $ ni tashkil qildi. Klub hozirda "Turkish Airlines”, "Betfair” va boshqa turli telekommunikatsiya kompaniyalari bilan shartnoma tuzgan.
#2 Real Madrid
Mamlakat: Ispaniya
Liga: La Liga
Klub egasi/Asosiy aksiyadori: klub a’zolari
Stadioni: Santyago Bernabeu (80 400 tomoshabin)
Klubning joriy kundagi qiymati: 1,451 mlrd. $
Daromadi (2010): 537 mln. $
Madridliklar 2010-yilda 537 mln. $ miqdorida daromad olishga muvaffaq bo‘lib, dunyoda "Nyu-York Yankilari” jamoasidan keyingi eng ko‘p daromad olgan sport klubi bo‘ldi.
#3 Arsenal
Mamlakat: Angliya
Liga: Barkleys Premyer ligasi
Klub egasi/Asosiy aksiyadori: Stenli Kronke
Stadioni: Emireyts (60 400 tomoshabin)
Klubning joriy kundagi qiymati: 1,192 mlrd. $
Daromadi (2010): 336 mln. $
"To‘pchilar” jamoasi 2010-yilning oxirlarida AQShdagi eng yirik mintaqaviy sport kanali – "YES Network” bilan ko‘p yillik shartnoma imzoladi.
#4 Bavariya (Bayern Munich)
Mamlakat: Germaniya
Liga: Bundesliga
Klub egasi/Asosiy aksiyadori: klub a’zolari
Stadioni: Ellaynz Arena (69 000 tomoshabin)
Klubning joriy kundagi qiymati: 1,048 mlrd. $
Daromadi (2010): 396 mln. $
"Bavariya” jamoasi so‘nggi ikki mavsumda milliy liga va kubokni qo‘lga kiritdi. O‘tgan yilgi "Chempionlar ligasi” bahslarida esa finalgacha yetib borib, unda Milanning "Inter” klubiga imkoniyatni boy berdi.
#5 Barselona (Barcelona)
Mamlakat: Ispaniya
Liga: La Liga
Klub egasi/Asosiy aksiyadori: klub a’zolari
Stadioni: Kamp Nou (98 800 tomoshabin)
Klubning joriy kundagi qiymati: 975 mln. $
Daromadi (2010): 488 mln. $
#6 Milan (AC Milan)
Mamlakat: Italiya
Liga: A-seriya
Klub egasi/Asosiy aksiyadori: Silvio Berluskoni
Stadioni: San Siro (80 100 tomoshabin)
Klubning joriy kundagi qiymati: 838 mln. $
Daromadi (2010): 289 mln. $
Bir paytlar muxlislarning shovqini bilan to‘lib-toshgan San Siro stadioniga endilikda "Milan”ning har bir o‘yinga o‘rtacha 15 000 tomoshabin tashrif buyuradigan bo‘lib qoldi.
#7 Chelsi (Chelsea)
Mamlakat: Angliya
Liga: Barkleys Premyer ligasi
Klub egasi/Asosiy aksiyadori: Roman Abramovich
Stadioni: Stemford Brij (42 500 tomoshabin)
Klubning joriy kundagi qiymati: 658 mln. $
Daromadi (2010): 313 mln. $
Rossiyalik milliarder Roman Abramovich bundan ikki yil avval o‘z klubiga 726 mln. yevro miqdorida kredit ajratgan edi.
#8 Yuventus (Juventus)
Mamlakat: Italiya
Liga: A-seriya
Klub egasi/Asosiy aksiyadori: Agnelli oilasi
Stadioni: Olimpiko di Torino (27 500 tomoshabin)
Klubning joriy kundagi qiymati: 628 mln. $
Daromadi (2010): 251 mln. $
Kelasi mavsumdan boshlab klub o‘zining yangi 41 000 tomoshabinga mo‘ljallangan stadioniga ega bo‘ladi.
#9 Liverpul (Liverpool)
Mamlakat: Angliya
Liga: Barkleys Premyer ligasi
Klub egasi/Asosiy aksiyadori: Jon Anri, Tom Verner
Stadioni: Enfild Roud (45 300 tomoshabin)
Klubning joriy kundagi qiymati: 552 mln. $
Daromadi (2010): 276 mln. $
#10 Inter (Inter Milan)
Mamlakat: Italiya
Liga: A-seriya
Klub egasi/Asosiy aksiyadori: Massimo Moratti
Stadioni: San Siro (80 100 tomoshabin)
Klubning joriy kundagi qiymati: 441 mln. $
Daromadi (2010): 275 mln. $
Massimo Moratti so‘nggi 3 yil mobaynida klubning operativ xarajatlarini qoplash uchun deyarli 100 mln. $ ajratdi.