Dunyoda haqiqiy inson qoldimi, Bir birin ko'ksidan itarar bari. Boylik odamlarning aqlin oldimi, Hayvondan o'tolmay aqllari nari.
Ko'rsating bo'lsa chinakam inson, Qalbida rosttakam muhabbat oshkor. Pul va boylik uchun sig'inmay vijdon, Yo'q bundaylar izlamang bekor.
Yozganlar joynamoz ibodat uchun, Allohga murojot etar -"davlat ber". Ey inson bu dunyo davlandmand uchun, U dunyoda faqirlar -"mana jannat der".
Mayli bo'l boy hamda badavlat, Yodingdan chiqarma sinovli bu yo'l. Jannatmi do'zahmi olmosing axlat, Endi yordamga o't - savob qilgin mo'l.
|