Dunyoda eng kam uxlovchi millat yaponlar ekanligi kuzatilmoqda; sutkasiga olti soat. Chindan ham, surunkali uyqusizlik yaponlarning jiddiy muammosidir. Me’yorida uxlamaslik ishda unumdorlik bo‘lishiga xalaqit berishini hisobga olgan ayrim kompaniyalar qisqa lahzalik uyquning qonuniy ravishda amalga oshirilishini ta’minlaydilar. Bu esa ish qobiliyatining tiklanishiga ko‘mak beradi. Darhaqiqat, Tokio va boshqa shaharlarda yarim soat uchun 4,5 dollar to‘lanadigan uyqu salonlari ham ochib qo‘yilgan, bu esa ijobiy tajriba deb baholanmoqda. Buni ta’lim muassasalari ham bajonidil qo‘llab-quvvatlamoqda. Birinchilardan bo‘lib bu tashabbus ijrosiga kirishgan Meyzena maktabi o‘quvchilari tushlik mahali yoppasiga musiqa tinglab, uyquga ketdilar. Butun maktabda orom olish soatlarining belgilanishi ijobiy samara keltirdi; oradan bir yil o‘tar-o‘tmas o‘quvchilarning o‘zlashtirish va davomat darajasi keskin ko‘tarildi.Spektakllar bo‘lib o‘tadigan eng katta bino Pekinda joylashgan Xitoy Xalq Respublikasining yig‘ilish saroyi hisoblanadi. 1959 yilda qurilgan ushbu binoning maydoni 5,2 gektarga teng. Inshoot zaliga 10.000 nafargacha odam sig‘ishi mumkin. Eng katta teatr sahnasi esa Buyuk Britaniyaning Blekpul shahridagi «Opera-xauz»da joylashgan bo‘lib, o‘lchamlari 18×30 metrga teng. Balandligi 33 metr.